Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?


Bilamizki, bo'lajak farzandning jinsi ona bo'yida bo'lish jarayonidanoq aniq bo'ladi. Spermatazoid tuxumdon bilan uchrashgan payti bolaning jinsi aniq bo'ladi. Agar bu spermatazoid X xromasomali bo'lsa, u holda qiz tug'iladi, agar Y xromosomali bo'lsa o'g'il tugiladi. "Bu qo'shilishga ta'sir ko'rsatish mumkinmi?" - degan savol barchamiz oldida namoyon bo'ladi.
Qadim zamonlardan odamlar u yoki bu usullar bilan bo'lajak farzand jinsini oldindan rejalashtirishga harakat qilganlar. Albatta bu usullardan ko'pi irimlar asosida amalga oshirilgan. Lekin bu degani ular asossiz degani emas, albatta. Chunki statistikaga qaraganda,

oz bo'lsada lekin bo'lajak farzand jinsini rejalashtirish imkoniyati mavjud.

Keling, hozirgi kunda ilmiy natijalar asosida olimlarning farzand jinsini rejalashtirishga oid qarashlarini ko'rib chiqamiz.

Spermatazoid roliga asoslangan usul

Spermatazoidlar X va Y xromosomali bo'ladilar, ularning xususiyatlari har xil bo'ladi. Y xromosomali spermatazoid maydaroq bo'lib, chaqqonroq harakat qilib, tez nobud bo'ladi. X xromosomali spermatazoid esa aksincha, uzoq yashab sekin harakat qiladi. Shuning asosida nazariya paydo bo'lgan. Ovulyasiyadan oldin sodir bo'lgan qo'shilishda Y xromosomali spermatazoidlar nobud bo'lib, ovulyasiya sodir bo'lgunicha X xromasomali spermotozoidlar yashab turadi va homiladorlik QIZ bilan bo'ladi. Agar aynan ovulyasiya paytida qo'shilish sodir bo'lsa u holda chaqqonroq bo'lgan Y xromosomali spermatazoidlar tuxumdonga tezroq yetib borib uni homilalaydi va O'G'IL tug'iladi.
Lekin spermatazoidlar uchun aniq bir vaqt limiti mavjud. Ya'ni ular tuxumdonni 24-48 soat ichida homilalashlari lozim. Bu tuxumdonning yashash vaqti. Agar qo'shilish bu vaqt mobaynida sodir bo'lmasa, u holda keyingi sikl kutiladi.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, yosh oilalarda o'g'il tug'ilishi ko'p uchraydi, keyinchalik bu ko'rsatkich qiz tomonga o'zgarib boradi. Tepakal erkaklar ko'p bo'lgan avlodlar o'gillarga boy bo'ladi, tug'ish orasidagi farq bir yil bo'lsa ko'pincha bir jinslik bolalar tug'iladi, 3 yildan ortiq bo'lsa bolalar har xil jinslik bo'lishi ehtimoli katta. Abortdan keyin bo'lib qolgan homiladorlik qiz tug'ilishiga olib keladi.....va hokazo.

Qo'shilish odlidan haroratni o'lchash usuli

Homila bo'lishning garovi bu ovulyasiyadir. Ovulyasiya qachon sodir bo'lishini bilish bir oz qiyinroq. Eng oddiy uy sharoitiga mos bo'lgan usul bu bazal temperaturani o'lchash usuli. Ya'ni har kuni ertalab, aniq bir vaqtda o'rindan turmay turib, orqangizga termometrni tiqib, 5 daqiqa davomida ushlab, u yerdagi haroratni o'lchaysiz. Buni 3 sikl jarayonida qilish kerak. Temperatura 37.1-37.2 darajada bo'lganda ovulyasiya bo'lgan bo'ladi. Undan tashqari ovulyasiyani UZD orqali ham aniqlash mumkin.
O'g'il xohlasangiz ovulyasiya kuni qo'shilishing, qiz xohlasangiz ovulyasiyadan 1-2 kun oldin qo'shilsangiz bo'ladi.

Dieta qilish usuli

Natriy va kaliy moddalariga boy bo'lgan mahsulotlarni ist'emol qilsangiz o'g'il tug'ilish imkoniyati katta, agar qiz tu'gilishini xohlasangiz, kalsiy va magniy moddalariga boy mahsulotlarni iste'mol qiling. Ya'ni o'g'il tug'ilishini istagan ota - onalar homilador bo'lish vaqtidan 2-3 oy oldin quyidagi mahsulotlarni ko'plab ist'emol qilishlari lozim: kartoshka, chechevisa, qo'ziqorin, banan, o'rik, apelsin, shaftoli, anjir qoqisi. Yeyish mumkin bo'lmagan mahsulotlarga: ko'katlar, karam, danaklar kiradi. Ovqat tayyorlaganda ko'proq tuzlamoq lozim.
Qiz bola tug'ilishini xohlasangiz, quyidagi dietadan foydalanishingiz mumkin: baqlajon, lavlagi, sabzi, bodring, piyoz, danaklar. Yeyish kerak bo'lmagan mahsulotlarga: olxo'ri, banan, apelsin, smorodina va qovun kiradi.

Qon yangilanishi usuli

Eng tarqalgan va oson aniqlanadigan usulardan biri - bu qon yangilanishi usulidir. Ayol organizmida qon har 3 yilda almashadi, erkak organizmida esa har 4 yilda almashar ekan. Shunga asosan ayolning homilador bo'lish vaqtidagi yoshi 3 ga bo'linadi, erkak yoshi esa 4 ga bo'linadi. Natijada kimning qoldiq soni kattaroq chiqsa, bola o'sha jinslik bo'ladi. Lekin onaning qoni rezus faktori manfiy bo'lsa, bu usul aksincha chiqadi.
Masalan: Qo'shilish vaqtida ona 28 yoshda, ota-32 yoshda bo'lsa:
28:3=9 va 1 qoldig'i
32:4=8 va qoldiq yo'q
Ona qoldiq son ota qoldiq sonidan yuqoriroq, onaning qoni yangiroq, demak bu qo'shilish natijasida qiz tug'ilish imkoniyati katta.

Yuqorida aytib o'tilgan maslahatlar bola jinsini rejalashtirishning 100% garovi emas.

(tibbiyot fanlar nomzodi, vrach Ostrovskaya E.A. ning maqolasining tarjimasi)

Farzand jinsini oldindan rejalashtirishning yaponcha va xitoycha usullari bilan ham tanishib chiqing.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ezozaxon's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Ba'zi bir sabablaga ko'ra tug'ilishi bilan ona sutini ichomidigan bollaga smes kashalani qaynagan suvga aralashtirib berishadiyu)) mundo olib qaragandayam!
    • Ezozaxon
    • Ezozaxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu alekum Qadrdonlarim kunilani yaxshi o'tkazvossilami charchamasdan?! Rahmat bizayam yaxshimiz! Muyassar o'zizam mehmonlani yaxshi kutvolin O'zi kuch quvvat bersin.
    • Ezozaxon
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Mazza qilib o'qib chiqdim forumga kirsamam birinchi shu sahifani o'qib chiqib ketishga harakat qilaman ayniqsa hozi oxirgi paytlada.. Suxbat uchun rahmat o'zim uchun ko'p kereli narsalani ololdim. har to'kisda bir ayb diganlaride hayotimizam doimam bir tekis ketvurmasakan.. Zizi opajonim sizga faqat yaxshi tilelani tilab qolaman.. Har doim shunaqa universal bop yurin) Jufti halolizla bilan ko'p yilla birgalida qo'sha qarib bollarilani rohatini ko'rib yurishila nasib qisin! Lily borgan sari sizzi qirralarizam ochilib borvottiye sizdan yaxshigina Psixolog chiqarkan "Marg'ilonda shundo...
    • Ezozaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...