headerasila

Система Orphus

BLOGdagi yangi yozuvlar

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz siklining birinchi kun sanasini kiritng:

/ /

Odatda hayz sikli necha kun davom etishini ko'rsating:

Homiladorlikdan saqlanish usullari

Ba'zida homiladorlikdan oldin ayollarga bir qancha muddat saqlanish tavsiya etiladi. Bu vaziyat davlanish davrida ko'pincha talab etiladi. Undan tashqari yangi chaqalog'i bor ona uchun ham kamida 2 yil o'tmasdan yana homilador bo'lish shifokorlar tomonidan ta'qiqlantiriladi. Chunki homiladorlikdan so'ng onaning salomatligi tiklanib olishi zarur. Shunda er-xotin munosabatlarida saqlanish vositalariga ma'suliyat bilan yondashishlari talab etiladi.

Saqlanish usullari,

biologik, mexanik va kimyoviy usullarga bo'linadi.

Mexanik usul

Mexanik usul deganda, erkak urug'ini ayol bachadoniga kirib tushishiga to'sqinlik qiluvchi maxsus qo'llanmaga aytiladi.

Bular:

  • Prezervativ(condom)- lateksli maxsus qo'llanma, erkak xivchiniga kiyiladi. Jinsiy kasalliklardan ham saqlaydi.
  • Bachadon spirali - bachadonga vrach tomonidan o'rnatiladi, tug'magan ayollarga tavsiya etilmaydi. Ayrim kasalliklarni, yallig'lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Spiral bo'lganda, ayolda hayz og'riq bilan, uzoq davomiylik bilan kechishi mumkin.
  • Ayol tuxum yo'llari qopqoqlari - gormonlar qo'shimchalar bilan ishlatiladi. Jinsiy a'zolar kasalligi mavjud bo'lganda ishlatilishi mumkin emas.

Bu qo'llanmalar homiladorlikdan 85-90% saqlaydi.

Kimyoviy usul

Kimyoviy usul deganda, erkak urug'ini nobud bo'lishiga ta'sir qiluvchi moddalardan foydalanish tushuniladi. Ular spermisid deb atalib, tampon, krem, shag'am, jele, qin tabletkalari shaklida bo'ladi. Ularning homiladorlikdan saqlash qobiliyati 85%.

Yana bir kimyoviy usul, jinsiy aloqadan so'ng saqlanish usuli. Bunda, saqlanishsiz bo'lib o'tgan jinsiy aloqadan so'ng 1-3 kun ichida maxsus dorini ayol qabul qilishi kerak. Bu dori homiladorlikdan saqlaydi, lekin ayol organizmi uchun juda zararli. Undan tashqari bu dorini yilda faqat 2 marta qabul qilish mumkin.

Biologik usul

Biologik usulga quyidagilar kiradi:

Ayol tomonidan gormonal preparatlarni qabul qilish. Bu preparatlar ayol organizmida tuxumni tuxumdondan chiqishiga to'sqinlik ko'rsatadi va homilador bo'lish imkoniyatini vaqtincha yo'q qiladi. Bu preparatlarni ayol har kuni, bir vaqtda qabul qilishi lozim. Uning hili ko'p bo'lib, vrach bilan maslahatlashgan holda iste'mol qilish lozim.
Ovulyasiya kuni(tuxumni tuxumdondan chiqishi)ni sanash usuli. Bunda ayolda ovulyasiya kuni bo'lganda jinsiy aloqa qilinmaydi. Ovulyasiya kuni normal hayz siklida (28 kunda) siklning 14 kuniga to'g'ri keladi. Aynan 10 chi kundan boshlab 16 kunga qadar erkak urug'i bachadonga tushmasligi lozim. Bu kunlari mexanik usullardan foydalaniladi yoki jinsiy aloqa qilinmaydi. Bu usul juda noqulay, chunki ovulyasiya bo'lish kuni hech qachon aniq bilib bo'laydi.
Jinsiy aloqani uzish. Bu usul yana bir biologik usul bo'lib, bunda erkak urug'i chiqishi yaqinlashayotganda bachadondan xipchinni chiqarib, urug'ini tashqariga chiqaradi. Bu usul ham noqulay, ham erkakda ayrim kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Vaqtidan oldin homiladorlikdan saqlanish usullari ko'p bo'lishiga qaramay hech qaysinisi saqlanishdan 100% kafolat bermaydi. Ayrimlari esa, ayrim ayol yoki erkak uchun mumkin ham emas. Shuning uchun saqlanish usullarini vrach bilan maslahatlashgan holda, o'zingiz jismoniy va psixologik holatingizdan kelib chiqib, bir-biri bilan almashtirgan holda ishlatishingiz ma'qul.

Tavsiya qilamiz:
Homilador bo'lish yo'llari
Ba'zi ayollar bu savolni bermay turib oson homilador bo'lib qoladilar, ba'zi sog'lom juftliklarda esa, bir nech oy davom
Foliya kislotasi
Foliya kislotasi organizm uchun juda muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. Afsuski, u haqda homilador bo'lgan ayollargin
Homilador bo'lish uchun
Homilador bo'lishni rejalashtirayotgan va bepushtlikdan davolanib kelayotgan juftliklar uchun ovqatlanish ratsioni muhim
farzand ko'rish
Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi.

Izohlar  

 
+6 # dilya 24 2013-2013-02 03:38
Men h[censored] farzandli bolishni hohlayman
 
 
+7 # Rayhona 2013-2013-58 23:20
1 yildan beri qancha harakat
qilmay homilador bolmayapman
1chi homil[censored] tushib ketgan.
Yaxshilab davolanganman endi
nima qiliwim kerak yord[censored]
beringlar
 

Izoh yosish huquqingiz yo'q

TOP

Bizga qo'shiling: facebook twitter flickr

 

Uzbaby.uz © 2009-2014 Saytdagi materialni qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi 

qonunchiligiga binoan qat'iyan taqiqlanadi.