headerasila

Система Orphus

BLOGdagi yangi yozuvlar

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz siklining birinchi kun sanasini kiritng:

/ /

Odatda hayz sikli necha kun davom etishini ko'rsating:

Homiladorlik jarayoni

Homiladorlik jarayoni

Urug'lanish kunini aniq bilish juda qiyin. Odatda shifokorlar homiladorlik boshlangan davrni oxirgi hayz kuniga qarab belgilaydilar. Urug'lanish yuzaga kelgandan boshlab homildorlik jarayoni haqida bilib olish foydadan xoli bo'lmaydi.

Ovulyatsiya

Har oy ayol tuxumdonlarida bir nechta tuxum guruhi follikula deb atalmish kichik xaltada o'sishni boshlaydilar. Tuxumlardan biri follikuladan chiqib ketadi. Bu jarayon ovulyatsiya deb atalib, u odatda keyingi hayz kuniga 2 hafta qolganda sodir bo'ladi. 

Gormonlar oshishi

Tuxum follikuladan chiqgach yorilgan follikula sariq moddaga aylanadi va maxsus gormon ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu gormon bachadon devorlarini qalinlashtirib urug'langan tuxum uchun tayyorlab turadi.

Tuxum fallopiya trubasiga borishni boshlaydi

Follikuladan chiqqan tuxum fallopiya trubasi tomon harakatlanadi va u yerda 24 soat davomida 1 dona spermatozoidni urug'lanish uchun kutadi. Ko'pincha bu jarayon hayz kelganidan 2 hafta o'tgach yuzaga keladi.

Agar tuxum urug'lanmasa

Agar tuxum spermatozoid bilan urug'lanmasa, u nobud bo'ladi. Ayolning gormonal holati esa normallashadi. Bachadon devori qalinlashgan qoplamni tashlaydi va yangi hayz boshlanadi.

Urug'lanish

Agar bitta spermatozoid fallopiya trubasiga yetib borib, tuxum ichiga kira olsa, u tuxumni urug'lantiradi. Tuxum o'zgaradi va unga boshqa spermatozoid endi kira olmaydi. Aynan shu damda bo'lajak bolaning jinsi va genlariga asos solinadi. Agar spermatozoid Y xromosomga ega bo'lsa, o'g'il, agar X xromosomaga ega bo'lsa, qiz tug'iladi. 

Implantasiya

Urug'langan tuxum fallopiya trubasida 3-4 kun davomida turib o'ta yuqori tezlikda ko'plab hujayralarga bo'lina boshlaydi. Bachadon tomon harakatlanish jarayoni boshlanadi va bunda ham bo'linish davom etadi. Urug'langan tuxumning keyingi vazifasi bachadon devori qatlamiga joylashish, ya'ni implantatsiya.

Ba'zi ayollarda aynan implantasiya jarayonida qindan 1-2 tomchi qon chiqishi kuzatilishi mumkin.

Endi ayol organizmida HCHG - human chorionic gonadropin gormoni paydo bo'ladi. Uni homilaning bo'lajak yo'ldoshi hujayralari ishlab chiqaradi.

Aynan shu gormon homiladorlik testi qilinganda aniqlanadi. Test natijasi aniq bo'lishi uchun ovulyatsiyadan so'ng kamida 3 hafta o'tishi talab etiladi.

Uch-to'rt hafta ichida tuxum ko'plab hujayralarga bo'linib, homilaning ilk asab hujayralari shakllanadi.

Homiladorlik davri

Homiladorlik davri uch trimestrga yoki 3 oylik 3 davrga bo'linadi. Buning sababi har bir davr ayol va homila organizmida ma'lum bir o'zgarishlarni taqazo etishidir.  

 

Manda: askdsears.com, whattoexpect.com, about.com 

 

Tavsiya qilamiz:
Homiladorlikdan saqlanish usullari
Ba'zida homiladorlikdan oldin ayollarga bir qancha muddat saqlanish tavsiya etiladi. Bu vaziyat davlanish davrida ko'pin
Homilador bo'lish yo'llari
Ba'zi ayollar bu savolni bermay turib oson homilador bo'lib qoladilar, ba'zi sog'lom juftliklarda esa, bir nech oy davom
farzand ko'rish
Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi.
Homiladorlikka tayyorlanish
Homiladorlik davrida bolaning rivojlanishi jaddal ravishda davom etishi tufayli bu davr o'ta muhim hisoblanadi.&nbs

Izohlar  

 
-1 # B.Bonuwka 2014-2014-43 22:16
H[censored]ma ayolarda ovulyatsiya har hil kun bolishi mumkinmi?
 

Izoh yosish huquqingiz yo'q

TOP

Bizga qo'shiling: facebook twitter flickr

 

Uzbaby.uz © 2009-2014 Saytdagi materialni qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi 

qonunchiligiga binoan qat'iyan taqiqlanadi.