Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

homiladorlikning 21 haftasi

Onaning holati

Keyingi 10 hafta davomida bola yog' saqlashni boshlagani uchun sizning vazningiz tez ko'payishni boshlaydi. Bu davrda vazningiz oshish darajasi butun homiladorlik davomida orttirilgan vazn miqdorining yarmiga teng bo'ladi. 

Undan tashqari sizning ishtahangiz oshayotganini sezasiz, chunki hozir organizmdagi modda almashinuvi 500 kaloriyaga ko'proq ozuqa talab qilmoqda. Yaxshi ovqatlaning, faqat yo'gli mahsulotlar va shirinliklardan kamroq yeyishga harakat qiling. Birdan g'alati narsa yegingiz kelib qolsa, hayron bo'lmang. Ba'zi ayollar qum yegisi kelib qolishi ham mumkin. Bu shunchaki homiladorlikning qiziq tomonlari, xolos. Bachadonning yuqori qismi taxminan kindikdan 1.25 sm balandroqda. Sizning ko'kraklaringiz ancha kattalashgan. Ba'zi ayollarda ko'krak uchidan suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Uni toza chit mato bilan artib tashlang. Aslo siqmang.
Sizing soch va tirnoqlaringiz juda tez o'smoqda. Oldin o'smagan joylarda ham soch o'sishi kuzatilishi mumkin.
Beldagi og'riqlarni kamaytirish maqsadida quyidagilarni bilib olganingiz ma'qul:
Og'irlik ko'tarmaslikka harakat qiling. Agar ko'tarish talab etilsa, u holda oyoqlaringizni keng ochib, belni egmasdan tizzangizni bukkan holda o'tiring va og'irlik kuchi oyoqlarga tushishini ta'minlab ko'taring.
Og'irlikni ikki qo'lga bo'lib olib ko'taring.
Birdaniga og'ir yukni ko'tarib olmang. Asta-sekin shoshmasdan harakat qiling.
Agar orqa tomon (anus)dan qon chiqishi kuzatilsa, qo'rqib ketmang. Orqadan qon chiqishiga odatda gemorroy sababchi bo'ladi. Gemorroy homilador ayollarda qon tomirlarining kengayishi natijasida va ich qotishi tufayli ko'p uchrab turadi.
Gemorroy va tomilarning kengayishini oldini olish uchun quyidagilarga rioya qiling:
Ich qotishini oldini oling, buning uchun ko'proq meva va sabzavotlardan, turshak va olxo'ri sharbatlaridan iste'mol qiling.
To'g'ri ichak tomirlariga og'irlikni kamaytirish maqsadida yon tomoningizda uxlang.
Uzoq vaqt mobaynida turmang, o'tirmang.
Ichingiz kelayotganda qattiq kuchanmang;
Homiladorlik davrida klizmadan foydalanish aslo mumkin emas, chunki homila tushishiga, bachadon mushaklari bo'shashib ketishiga olib kelishi mumkin.
Kun davomida oyoqlaringizni ko'targan holda ko'p dam oling.
Bu kichik qiyinchiliklar odatda homiladorlikdan so'ng o'tib ketadi.

Bolaning holati
Bolaning uzunligi 25 sm atrofida

Og'irligi 360-370 gramm
Uning qonida qizil moddalarning miqdori yetarlicha bo'lib, endi oq qon hujayralari ham ishlab chiqarilmoqda. Ular infeksiyalar bilan kurashishga yordam beruvchi moddalardir.
Bolaning tilida ta'm aniqlovchi a'zolari shakllanmoqda. Uning peshonasi, labining yuqori qismida momiqni aniq ko'rsa bo'ladi. Ayniqsa qosh va ko'zlari atrofida momiq miqdori juda ko'p. Yuzning aynan shu qismi dastlabki chaqaloq moyi bilan ko'p qoplangan. Bu moy o'tgan haftadan beri ishlab chiqilmoqda. Uning ko'zlari hali ham qovoqlar ostiga berkitilgan. Hozirgi davrda bolaning jinsini aniq bilsa bo'ladi. Lekin ba'zi bolalar oyoqlarini berkitib olib, jinsini bildirishni istamaydilar. U homila oldi suvlarida tez harakat qilmoqda. Ushbu trimestrning oxiriga kelib bola bir pozitsiyaga o'rnashishni boshlaydi. Odatda, bola boshi bilan tug'ilish yo'llari tomon qaragan bo'ladi. Ba'zida taxminan 3-4% homilador ayollarda bola qin tomonga dumbasi yoki tosi bilan qaragan bo'lib qolishi mumkin.
Bolaning hazm qilish tizimi yetarlicha shakllanib bo'lgani uchun endi u homila oldi suvlaridan ichib yuborganda undagi qand ajralib, ichaklariga shimirilmoqda.
Bu ovqatlanishning yangi usuliga o'tishdagi birinchi qadam. Albatta, hozirgi kunda hali ham bolani asosiy ozuqa moddalari bilan yo'ldosh ta'minlab kelmoqda. Shu davrga qadar qon yaratilish funksiyasini jigar va selezyonka bajargan bo'lsa, endi bu jarayonga suyak miyasi ham rivojlanib qo'shilmoqda.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bolangizni qanday uxlatasiz?
    • salom Mavluda yaqinda bowimdan otdi wu holat. balnitsaga yotiwim tufayli qizimni men xam issiqda ajratdim. bowida ozgina qiynaldi. kechasi xarkuni yiglab turardi. qaynagan suv berardik. asta asta yiglawi kamaydi. lekin juda qiynaldik. kechalari turib olib uxlamay injiqlik qilardi. yiglab yiglab kachelyasida otirub uxlardi. Hudoga wukr hozir ancha organdi. kechalari tinch uxlayapti.Shaxzodaxon ham Hudo hohlasa organib ketadilar. faqat sabr qiliw kerak ekan. meni xam qaynonam uruwgandilar. issiq da ajratyapsan deb.
    • ☆ZIZI☆
    • uzbaby's Avatar
    • Sayt kamchilik va xatolari
    • Qizlarjon tahrir tugmasi tufayli ba'zi texnik nosozliklar paydo bo'lyapti. Ularni bartaraf etishimiz bilan yana yoqiladi.
    • uzbaby
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Zavarnoy pishiriq (ekler) Masalliqlar: 1,5 piyola suv 250 gr margarin 1piyola un 7 dona tuxum Krem uchun: 1,5 piyola sut 1piyola shakar 2 katta qoshiq un 200 gr saryog' Tayyorlash: Suv va margarinni gazda qaynatib olamiz. Gazdan olib un qo'shib qoshiqda tez-tez aralashtiramiz. Sal sovugach tuxumni 1talab qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor massani yog'langan listga 1 qoshiqdan solib chiqamiz. 180 gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Krem tayyorlash: Sut, shakarni gazda aralashtiramiz va un qo'shamiz. Xona haroratida yumshagan saryoqqa sutli massani qo''shib mikserda...
    • Pazandaxon
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Pishiriqlar
    • rahmat uni uchun ko'pkina hamir qilishim kergda
    • OYISHA NUR

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...