zehni bola

Aqlli bola katta qilish sirlari

Aqlli bola 2 yoshdan alfavitni biladigan yoki 4 yoshida ko'paytirish jadvalini yoddan ayta oladigan bola emas. Aqlli bola deb izlanuvchan, qiziquvchan, kreativ(yangilik o'ylab topadigan) va mohir bolani tushunish kerak. Quyida ko'rsatilgan yo'llar bolani haqiqatan aqlli bo'lib o'sishiga yordam beradi.

Ko'p gapirish

Yoshi 1.5-2 atrofidagi bolaning tili chiqishi uchun ota-ona u bilan ko'p suhbat qurishi kerakligi haqida bilamiz. Kattaroq bolalarda ham shunday. Bolaning tili rivojlanishi aqliy rivojlanish bilan uzviy bo'gliq. Bola bilan ko'p suhbatlashish, yoshiga munosib kitoblarni ko'proq o'qib berish, berayotgan savollariga aniq va tushunarlik qilib javob berish juda muhim. Bola gapirishni televizordan emas, muloqotdan o'rganishi kerak. Televizor yordamida tili chiqqan bolaning jamiyatda muloqot qilishi jarayonida muammolar kutishi mumkin. Ko'p gapiradigan bola, ko'p ma'lumotga muhtoj bo'ladi. Ana shunday ma'lumotlarni ota-ona bolaning yoshiga munosib ravishda suhbat orqali taqdim eta olishi darkor.

Hissiyotlarni o'rganish

Bola kichikligidanoq o'z hissiyotlarini anglay olishni bilishi kerak. U salbiy yo ijobiy his bo'lishidan qat'iy nazar bola uni bekitmasligi lozim. Aksincha, o'z hissiyotlarini bilgan bola ularni jilovlashni ham o'rganadi. Bekitish bilan jilovlashning farqi bor. Ota-onasidan qo'rqqanidan ukasiga baqirmaslik bu hissiyotlarni yutib olish, bekitish deganidir. Lekin ukasi hali kichik va ba'zida xato qilib turishini ota-onasi tushuntirib bergan bola ukasiga nisbatan chiqqan jahlini jilovlaydi. 

Yoki ijobiy bir hissiyotni olsak, bola o'z do'sti bilan o'yinchog'ini bo'lishmoqda. Shunda ota-ona bir daqiqa vaqtini ajratib, bolasiga qanday ajoyib ish qilganini, do'stini xursand qila olganini aytishi lozim. Shunda bo'lishish orqali xursandchilik hisi bilan bola tanishib oladi.

Aqlli o'yin o'ynash

Qarama-qarshiliklar o'yini 3 yoshdan katta bolalarni IQsini oshirishda va matematik qobiliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, bolaga biron so'z aytasiz. Masalan, "quyosh". Bola bunga nisbatan qarama-qarshi bir fikrni aytishi kerak bo'ladi.

Masalan, tun. "Quyosh" va "tun" qarama-qarshi obrazlar. Quyosh so'zini eshitgan bolaning hayoliga birinchi bo'lib "kun" keladi. Lekin shunda "kun" demay, bir soniya o'ylab, qarama-qarshilikni izlab uni izhor eta olish aqliy rivojlanishga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 

Agar bolada gapirish lug'ati ozroq bo'lsa, u holda huddi shu o'yinni harakatlarda o'ynash mumkin. Masalan, siz bitta chapay chalasiz, bola ikkita yoki undan ko'proq, muhimi sizdan farqli miqdorda chapay chalishi lozim.

Birinchidan, bu o'yin juda qiziqarli bo'lsa, ikkinchidan, bolada tabiiy ravishda o'ylash, fikr yuritish, fikrni to'g'ri izhor qila bilish, o'ylamay gapirmaslik, rejalashtirish, maqsadga erishish kabi xususiyatlar rivojlanadi. 

Kreativlikni rahbatlantirish

Hozrigi kunda magazinlar minglab o'yin va o'yinchoqlar bilan to'lib ketgan. Biri bolani aqliy rivojlantiradi desa, ikkinchisi bolaga alfavit o'rgatadi deb reklama qilinadi. Bunday ajoyib o'yinchoqlar afsuski, bolada kreativlik sifatini so'ndiradi. Kreativlik (yangilik ixtiro eta bililsh)ni rivojlanishi uchun eski tuflini korobkasi bilan ikki dona rangli qalam ham yetarli bo'la oladi. Yoki magazindan olib berilgan mashindan ko'ra, ikki stul va ko'rpachadan yasalgan samolyot kreativlikni rivojlantirish uchun muhimroq vositadir. Bolaning kreativligini rivojlanishi uchun uy o'yinchoqlar yoki qimmatbaho gilamlardan ko'ra, u ishlatishi mumkin bo'lgan narsalarga to'la bo'lgani darkor.

Natijani emas, harakatni maqtash

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ota-ona bolaning aqlidan ko'ra uning harakatini ajratishi lozim. Ajoyib chizilgan rasmni ko'rib, ota-ona: "Qanday chiroylik rasm, judayam aqlli(zo'r rassom)sande", deyishdan ko'ra, "Bunday rasm chizish uchun rosa ko'p mehnat qilganga o'xshaysan,"deyish afzalroq.

Shunda katta bo'lgan sari bola o'z faoliyati natijasiga emas, balki unga erishish uchun kerak bo'ladigan harakatga ko'proq ahamiyat beradi. Natija xato chiqsa ham, achinib, qo'l siltab, o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotmay, o'z harakatiga ishonib faoliyatini davom eta oladi.

Ko'rsatib gapirish

Bolaga biron narsa haqida gapirayotganingizda bola u narsani ko'rib turishi juda muhim. Misol uchun, uyda bo'la turib biron daraxt haqida ma'lumot bermoqchi bo'lsangiz, bola bu ma'lumotni to'liq qabul qila olmaydi. Uning o'rniga, tashqariga chiqib, daraxtni ko'rsatib o'sha malumotni berish foydaliroq. Shunda bolada assosiativ fikr yuritish qobiliyati rivojlanadi. 

Bola kichikligidan kitobga mehr qo'yib o'qisa, uning kelajagi porloq bo'lishiga ishonsa bo'ladi. Kitob orqali bola atrof-muhitni o'rganadi, anglaydi va dunyoga qiziquvchanligini oshiradi. Kitob o'qib bolada ijodiyot qobiliyati rivojlanadi, axloqi yaxshilanadi, yaxshi-yomonni ajratish hisi uyg'onadi. Eng asosiysi, kitob bolani fikr yuritishi uchun yordam beradi. Qanday qilib bolada kitobga mehr uyg'tsa bo'ladi?

1. Muntazam ravishda bolaga kitob o'qib turing;

2. Bolaga kitobni yoshiga moslab olib bering;
3. Kitob mazmuni shunday bo'lsinki, u yerda qahramon, aniq mavzu va qiziqarli rasmlar bo'lsin;
4. Agar bolaga kitob o'qib berayotganingizda u sizga savol bersa, albatta javob bering. Undan tashqari javobingiz kulgili va qiziqarli bo'lsin;
5. Kitobni aynan yozilgandek o'qing. Adabiy bo'lsa ham huddi shunday o'qisangiz bolaning nutqi rivojlanadi;
6. Kitob o'qib berganingizdan so'ng bola bilan ertak qahramoni va mazmuni haqida suhbatlashing.
7. Bolaga qarharamon o'rniga o'zini qo'yib ko'rishini taklif qiling. Uning o'rnida bo'lsa, nima qilishini so'rab ko'ring. Javobini haqqoniy qiziqish bilan tinlang.
8. Bola maktab yoshiga yaqinlashayotgan bo'lsa, o'qiyotganingizda xarflarni unga ko'rsatib o'qing. Unda asta-sekinlik bilan mustaqil o'qish qobiliyati uyg'onadi;
9. Boladan o'zi yaxshi ko'radigan kitobni o'qib berishini iltimos qiling. Rasmlarga qarab kitob mazmunini aytib berishga harakat qilayotgani uchun uni maqtab qo'ying;
10. Bolaga o'qishni majburlamang, balki bunga qiziqtiring. Ko'chada sayr qilganingizda bolaga ko'chadagi yozuvlarni ko'rsatib o'qing. Bolaga o'qish yoqimli va o'yindek bo'lishi kerak;

{xtypo_quote}Bolaga kitob olib berganingizda uning mazmun va rasmlariga nihoyatda ahamiyatli bo'ling.{xtypo_quote}
11. Bolada kitobga mehr uyg'otishning eng oson yo'li, unga namuna bo'lish. Har kuni ota-onasini miriqib kitob o'qishini ko'rayotgan bola, o'zi ham o'qishga qiziqib ketadi;
12. Kitob o'qishni o'rgangan bolaga kutubxonalardan foydalanish imkoniyatini yaratib bering.

Kitob do'koni