Bola salomatligi uchun YOGA

Bola salomatligi uchun YOGA

Yoga mashg'ulotlari salomatlikka ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Quyidagi mashg'ulotlar aynan bolalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ular yordamida bolaning immunitetini oshirib, jismoniy va psixologik salomatligini yaxshilasa bo'ladi.
Ushbu mashg'ulotlarni bola bilan o'yin tarzida o'tkazish juda oson.

 1-mashg'ulot: Daraxt

yoga1

poza1

 

Chap oyoqqa turib, o'ng oyoq chap oyoqning tizza joyiga qo'yiladi. Qo'llar ko'krak oldida "namaste" shakli (Hindlarning salomlashish tarzi) ga keltirib asta sekin bosh ustigacha chiqariladi. Chuqur nafas olinadi. Keyin qo'llar chetga to'g'ri yoyib asta pastga tushiriladi. O'n oyoq bilan xuddi shunday takrorlanadi.

Foydasi: Bola qaddini to'g'ri ushlashga o'rganadi.

 

 

2-mashg'ulot: Sher

yoga2

poza2

 

Yerga to'piq ustiga tizzalarni ikki yonga yoyib o'tiriladi. Qo'llar tizzalar orasiga, panjalarni badan tomonga qaratib qo'yiladi. Qo'llarga suyanib biroz oldinga egilib turib bosh orqaga bo'shashib tashlanadi. Tilni chiqarib sherga o'xshab 3-4 martalab "rrrrrr" deyiladi.

Foydasi: Burun va tomoq kasalliklarni oldini oladi.


3-mashg'ulot: Buzoqcha

yoga3

poza3

Yerga o'tiriladi. O'ng oyoq chap oyoqning ustidan "x" shakliga keltiriladi. Oyoq barmoqlari badandan tashqariga qaratilgan bo'lishi kerak. To'piqlar esa badanga tegib turishi lozim. O'ng qo'lni yuqoriga ko'tarib turib bo'yin orqasiga tushiriladi. Chap qo'l beldan o'tkazilib o'ng qo'lga tekkuncha cho'ziladi. Boshni to'g'ri ushlab, qaddini rostlab 5-10 gacha sanash kerak. Keyin chap oyoqni o'n oyoqning ustiga qo'yib va chap qo'lni bo'yin orqasidan tushirib mashg'ulot takrorlanadi.

Foydasi: Oyoq mushaklari cho'ziladi, qon aylanishi yaxshilanadi.

 

4-mashg'ulot: Qurbaqa

yoga4


poza4

Tizzalarni ikki yonga yoyib oyoq tovonlariga o'tiriladi. Qo'llar ko'krak oldida "namaste" shakliga keltiriladi. Keyin qo'larni tepaga ko'targan holda yuqoriga sakrab yana boshlang'ich holatga o'tiriladi. Bola ixtiyoriga qarab 4-6 marta qaytariladi.

Foydasi: Beldagi og'riqlarni yo'qotadi, qorin mushaklarining tonusini oshiradi.

5-mashg'ulot: Kuchukcha

yoga5

poza5

 

Tovon va qo'llarga turiladi. Bunda dumba iloji boricha yuqoriga cho'ziladi. Bel to'g'ri turishi kerak. Bolaning umumiy holat ko'rinishi uchburchak shaklini ko'rsatishi kerak. Shu holatda bir necha soniya chuqur nafas olib turish lozim.

Foydasi: Miyaga toza qon kelishini ta'minlaydi, oyoq va qo'l mushaklarini kuchaytiradi, umurtqa qiyshiqligini tuzatadi.

 

6-mashg'ulot: Iloncha

yoga6


poza6

 

Yerga qoringa yotiladi. Qo'llar yelka oldiga qo'yiladi. Asta sekinlik bilan badanning oldi qismi, qoringacha yuqoriga ko'tariladi. Badan og'irligi qo'lga emas ko'krak va qoringa tushishini ta'minlash lozim. Shu holatda 5-10 soniya davomida chuqur nafas olib turiladi.

Foydasi: Bolaning umurtqasini mustahkamlaydi.

 

7-mashg'ulot: Yo'lbars

yoga7

poza7

 

Yerga qo'l va oyoqlarga yo'lbarsga o'xshab turiladi. Belni yuqoriga chiqarib
turib, bir oyoq qoringa keltiriladi. Keyin, aksincha, qorin pastga tortilib oyoq yuqoriga ko'tariladi. Mashg'ulot oyoqlarni almashtirib bir necha bor qaytariladi.

 

Foydasi: Oyoq va umurtqa holatini yaxshilaydi, mushaklarini kuchaytiradi.

 

{xtypo_quote}Yoga mashg'ulotlari davomida bola nafas olishini kuzatish kerak. Qanchalik chuqur burni bilan nafas olsa, shunchalik mashg'ulotlarning foydasi katta bo'ladi.{/xtypo_quote}

Ma'lum bir mashg'ulotni qila olmasa, u holda uni o'tkazib yuborib keyingisini qildiring. Eng asosiysi bola uchun bu qiziqarli va yoqimli bo'lishidir.

Yoga mashg'ulotlarini 6-12 oy muntazam qilish natijasida bolaning umurtqasi to'g'ri bo'lishi, kasalliklarga kam uchrashishi, umumiy kayfiyati yaxshi bo'lishi kuzatiladi. Umurtqaning sog'lom va to'gri bo'lishi barcha organlarni yaxshi faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi.

Kitob do'koni