Bolalarda "tepki" (epidemik parotit) kasalligi

Bolalarda "tepki" (epidemik parotit) kasalligi

"Cho'chqayuz", "quloqorti dardi" yoki "tepki" deb ataladigan kasallik bog'cha va maktab yoshidagi bolalar orasida keng tarqalgandir. Tepki yoki tibbiy til bilan aytganda epidemik parotit virusli kasallik hisoblanadi.

Tepki kasalligining alomatlari qanday?

Ilk alomati quloq orti shishi, og'rishi va tana haroratining ko'tarilishidir. Shish odatda 7 kun ichida o'zi ketadi. Kasallanganlarning 25%ida tepki alomatsiz o'tadi.

Tepki kasalligi qanday yuzaga keladi?

Ko'plab viruslar singari epidemik parotit (tepki) havo-tomchi yo'llari orqali yuqadi. Kasallangan bolaning so'lagi tekkan narsa virus tashuvchi bo'ladi.

Qachon kasallik yuqumli hisoblanadi?

Shish paydo bo'lishidan 5-7 kun oldin va keyingi 7-9 kun davomida.

Tepki kasalligi qanday davolanadi?

Epidemik parotit maxsus davolanmaydi. Odatda organizmning immun tizimi u bilan o'zi kurashadi. Qo'shimcha ravishda yuzaga chiqqan muammolar(yo'tal, istma chiqishi, qorin og'rishi va boshqalar) alomatiga qarab davolanadi. Shish tomonidagi og'riq kuchli bo'lsa, og'riqni tushiruvchi bolalar vositalaridan foydalansa bo'ladi. 

{xtypo_quote}O'g'il bolalar tepki bilan kasallansa shifokor nazoratida bo'lish talab etiladi. Epidemik parotit o'g'il bollarda bepushtlik asoratini qoldirishi mumkin. {/xtypo_quote} 

Kasallikaning asoratlari bormi?

Pankreotit, meningit, poliartrit, o'g'il bolalarda jinsiy bezlarning yallig'lanishi va boshqalar tepkining asorati bo'lishi mumkin. Ushbu holatlar juda kam uchraydi, vujudga kelgan taqdirda albatta shifokor nazoratida bo'lish, ba'zida shifoxonaga yotish talab etiladi. 

Tepki bo'lmasligi uchun nima qilish kerak?

Bolani o'z vaqtida emlash rejasiga asosan epidemik parotitga qarshi emlatish talab etiladi. 

{xtypo_quote}Qadimdan bizgacha yetib kelgan urf-odatlarimizdan biri, tepki bo'lgan bolani egizak tuqqan ayolga teptirish kerak bo'lgan. Ko'pincha bola tepilgach tuzalgandek bo'ladi. Aslida kasallik bola tepilsa-tepilmasa shundoq ham ma'lum muddatda hech qanday dorisiz o'tib ketadi. Bunga tepilishning hech qanday aloqasi bo'lmaydi. Asoratlik parotit yuzaga chiqqanida esa tepish emas, balki jiddiy tibbiy yondashuv talab etiladi. {/xtypo_quote} 

Epidemik parotitga qarshi emlatilgan bolaga ham kasallik yuqishi mumkinmi?

Ha, ba'zida yuqadi, lekin kasallik yengilroq kechadi. 

Kitob do'koni