maktabda onlayn dars

Onlayn dars muammolari

Onlayn darsning sifati oflayn(maktabda o'tadigan) darslarning sifatidan ancha salbiy tomonga farq qiladi. Mana shu nomutanosiblikni oilada to'g'irlash mumkin.

Onlayn dars necha oy davom etishi noma'lum. Bu davrda bolaning bilim darajasi, o'qishga ishtiyoqi so'nib qolmasligi muhim. Oldin farzandlarining bilim olish ma'suliyatini ota-onalar o'quv dargohiga topshira olgan bo'lsalar, hozirgi qiyin davrda aynan ota-onalar farzandining bilim olishiga, bilim olishga qiziqishi so'nib qolmasligiga ikki karra ma'suldilar. 

Uy sharoitida bolaning bilimini oshirishga qanday yordam berish mumkin? 

Berilayotgan maktab programmasini bekamuko'st bajarish borasida fikrlarimiz bilan mana bu maqolada bo'lishganmiz. 

Bu yerda esa o'quv dargohiga bormagan bolalarning ortib qolgan vaqtini befoyda o'tkazmaslik uchun amaliy tavsiyalar taqdim etamiz:

1.  Rossiyaning maktab darsliklaridan foydalanish. Ularning kerakligisini(bolaning yoshiga mosligini) onlayn ko'chirib olib, bolaga qo'shimcha ravishda o'rganish uchun taqdim etsa bo'ladi. Ba'zi bolalar o'zi mustaqil ravishda qiziqib o'zlashtirib keta oladi, ba'zilariga ota-onasi tomonidan yordam talab etilishi mumkin. Muhimi, bu faoliyatga bolani qiziqtirish va bo'sh vaqtidan unumli foydalanishdir. 

PDF shaklidagi darsliklarning onlayn darsliklar bazasi:

http://11book.ru/1-klass/114-chtenie/1331-literaturnoe-chtenie-1-klass-efrosinina

https://uchebniki-online.net/page/10/ 

2. Ingliz tilidagi darslik va adabiyotlardan foydalanish. Bu yerda ota-onalarning ko'maklashuvi talab etilishi mumkin.

Tekin ingliz tilidagi kitob va darsliklar bazasi:

https://home.oxfordowl.co.uk/

https://www.storylineonline.net/

3. O'zbek tilidagi darslik va kitoblardan ham qo'shimcha ravishda foydalanish. Misol uchun qo'shimcha vazifalar olish, badiiy adabiyot o'qish, qiziqarli ma'lumotlar o'rganish va hokazolar.

O'zbek tilidagi kitoblarning onlayn bazasi:

https://www.kitob.uz/

https://kitobim.uz/genres/8/books

Shundoq ham ota-onalar maktab programmasidan bezor bo'lib turishganida kim yana qo'shimcha ravishda foydalanar ekan, deb o'ylash mumkin. Nobel mukofoti sovrindori Heckmanning tadqiqodlari shuni ko'rsatdiki, aynan bolalikda uning rivojlanishiga sarf etilgan vaqt va sarmoyaning qaytimi juda yuqori bo'lar ekan. Shunday ekan, agar siz farzandingiz kelajakda bilimli bo'lishini ham istayotgan bo'lsangiz, u holda siz uchun aynan hozir uning kelajagi uchun o'zingizning vaqt va kuchingizni sarmoya qilishingiz vaqtidir. 

Bolaga maktabga borishdan maqsad bilim olishdan tahsqari jamiyat bilan munosabat qurishdir. Ijtimoiy muloqot bolaning psixikasi uchun muhim. Onlayn o'qish bu imkonni bera olmaydi. Shuning uchun bu jarayonda ota-onalardan bolaga qo'shimcha e'tibor talab etiladi.

Butun dunyoda 2020-2021 o'quv yili onlayn bo'lishi yoki aralash holatda bo'lishi kutilmoqda. Bunday paytda ota-onalarga qo'shimcha ish tug'iladi. Onlayn darslarni tashkil etish juda katta tayyorgarlik va kuch sarf etilishini inobatga olsak, o'qish jarayonining sifatidan ko'p narsa kutish to'g'ri emas. Lekin ota-onalar hech bo'lmasa o'z uyida, o'z farzandlari uchun shunday paytda imkon qadar yaxshi sharoit yaratib berishlari mumkin. 

Buning uchun biz 6 muhim fikrni taqdim etamiz:

Birinchidan, bola shunday qiyin davrda bilim olishi uchun ota-ona o'z ustida ishlashi darkor. Bolaga qo'shimcha darsliklardan bilim berish, bolaning programmasini tushunib unga onlayn darsdan so'ng qo'shimcha ravishda tushuntirish, onlayn berilgan mavzularni tushunib so'ng bolaga tushunishga yordam berish, bolaga ko'maklashish ma'suliyatli ota-onaning vazifasidir. Endi bolani maktab yoki o'qituvchi emas balki ota-ona darslarga va mavzularga qiziqtirishi lozim. Albatta bu oson emas, lekin bolasining bilim olishiga befarq bo'lmagan ota-ona bunday davrda o'z hissasini shu tarzda qo'shishi lozim. 

Ikkinchidan, bolaga muloqot "taqdim etish". Normada maktab bolaning psixikasining muloqotga bo'lgan ehtiyojini qondirib beradi. Ayniqsa, boshlang'ich sinfdagi bolalarga bilim olishdan ham ko'proq tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishi muhimdir. Afsus onlayn o'quv yilida bolaning ijtimoiy muloqotga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun ota-onalar bu davrda imkon qadar farzandlari bilan ko'proq muloqotda bo'lishlari talab etiladi. Onlayn darslar haqida, bolaning hissiyotlari haqida tez-tez bola bilan maroqli suhbat qurish lozim. Bola o'zining ijobiy va salbiy hissiyotlari haqida bemalol gapira olishi kerak. Uni ota-onasi tushuna olayotganini his etishi lozim. 

Uchinchidan, bolada maktabga bormagan holda ham kun tartibi bo'lishi shart. Maktab bolaning kuni tartiblashtirib berar edi, lekin onlayn o'qishdan ham ota-onalar bolasiga maxsus kun tartibini o'rnatib berishlari lozim. U sun'iy yoki tabiiy bo'lishidan qat'iy nazar kun tartibi har bir insonga kerak va foydalidir. 

To'rtinchidan, psixologlarning ta'kidlashicha, bunday paytda bola uchun kundalik hissiyotlarini qog'ozga yozishi juda foydali. Shuning uchun g'arbda uy ishi sifatida har kunini insho qilib yozish yo'lga qo'yilgan. Bundan maqsad bolaning imloviy hatolarini to'g'irlash yoki insho yozishini tekshirish emas, balki bolaning ichida kechayotgan tuyg'ularni o'rganish, bilish, tushunishdir.

O'zbekiston maktablarida bunday inshoni talab qilmasalarda, ota-onalar o'zlari shu davrda o'yin tariqasida bolalar bilan insho yozish o'yinini o'ynashlari mumkin. Birgalikda kun hissiyotlarini, kundalik ishlarini yozib, so'ng birgalikda o'qib bu haqda maroqli suhbat qurish bolaning psixikasiga katta foyda bo'ladi. Undan tashqari ota-onalar uchun bolani tushunishga imkoniyat ochiladi.

Beshinchidan, onlayn o'qish jarayoni tufayli bola shundoq ham ekranni oldida ko'p vaqtini o'tkazishni boshlaydi. Demak, ekran orqali o'yin o'ynash, ijtimoiy tarmoqlarda o'tirishga sarflanadigan vaqtni qisqaritirish lozim.

Oltinchidan, maktab tanaffuslarida chopib yurib, maydonchalarda do'stlari bilan to'p tepishdan onlayn darslar jarayonida mahrum bo'lgan bolaga uy sharoitida jismonan mashg'ul bo'lish uchun sharoit yaratib berish kerak. Xovlida bunday imkoniyat ko'p, domda esa biron sport anjomini o'rnatsa bo'ladi yoki shunchaki jismoniy tarbiya kabi yengil mashg'ulotlarni bajarish mumkin. Muhimi ota-ona bola bilan birgalikda, unga sherik bo'lishidir. 

Bola onlayn o'quv yilida ekran bilan soatlab yagona bo'lib qolmasin, ekran uning yagona do'sti bo'lib qolmasin. Bu uning o'sayotgan psixikasiga katta zarar yetkazishi mumkin. 

 

Kitob do'koni