Yoz ta'tilida bolaning salomatligi

Yoz ta'tilida bolaning salomatligi

Pediatrlarning fikricha, bolani davolashdagi ba'zi muolajalarni faslga qarab rejalashtirish muhim ekan.

Masalan, allergik bolalarni allergoproba (bolada allergiyani qo'zg'atuvchi moddani topish)ni bahorda faslida o'tkazmaslik ma'qul. Chunki bu faslda tabiat allergenlarga boy bo'ladi va allergoproba haqqoniy natija ko'rsata olmaydi.

Agar bolada rejalashtirilayotgan jarrohlik operatsiyasi kutilayotgan bo'lsa, uni yoz kunlari o'tkazmay, kuzga surgan yaxshi. Yoz kuni issiq harorat tufayli choklar bitishi qiyin bo'ladi. Bola ko'p suvsizlanadi va choklarda yiring paydo bo'lish ehtimoli kattaroq bo'ladi. Faqatgina favqulotda operatsiyalarni yozda o'tkazish mumkin.

Yoz kunlari bolalarning quloq, tomoq, burun tizimini tuzatish eng yaxshi yo'ldir. LOR, fizioterapiya, suvterapiya va boshqa muolajalar bolaning immunitetini kelayotgan qish fasli uchun tiklab beradi.

Surunkali, dori vositalar bilan davolanadigan kasalliklarni aynan yoz kunlari davolash tavsiya etiladi. Chunki bu fasl vitaminga boy meva va sabzavotlarga to'la bo'ladi, bola o'qishdan oladigan stress va charchovdan holi bo'ladi. Undan tashqari bu davrda bolalar hamma kerakli muolajalarni to'liq olishga ulguradilar. 

Hozirgi kunda buning uchun O'zbekistonda ko'plab sanatoriylar mavjud.

Sanatoriyni tanlayotganingizda uning qaysi kasallikni davolashga ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat bermoq lozim. Kasallikka qarab u yerda barcha sharoitlar bo'lib, parhez taomlar, fizioterapiya va boshqa muolajalar amalga oshiriladi. Sanatoriy muolajalari odatda samarali bo'ladi. 

Agar bolaning kasalxonaga yotishi talab etilsa, u holda uning ta'til kunlari hafagarchilikda o'tmasligi uchun kasalxonada unga yoqimli sharoit yaratib bering. Bunda bola yoqtiradigan yeguliklar (agar mumkin bo'lsa), Ipad yoki boshqa gadjetlar sizga yordam beradi.

Yoz kunlari bolani quyosh nurlari ostida uzoq vaqt mobaynida bo'lishidan asrash kerak. Kunning 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari bola teri va organizmni uchun eng zararli payt hisoblanadi.

Kuni bilan yaxshi o'ynab yurgan bola kechka yaqin sulayib, boshi o'g'rib hatto tana harorati oshganligi ba'zida quyosh nurlarida kuyganligidan dalolat berishi mumkin. Quyoshda kuygan bolaning teri achishi, qichishi va qizarishi mumkin.  Quyida bola quyoshda kuyib qolsa, nima qilish kerakligi haqida maslalahtlar keltirilgan:

- Bolani salqin (sovuq emas!) suvda chayib oling;

- Terining kuygan joylariga aloe gel suring (bunday gellar deyarli barcha apteka va kosmetika magazinlarida sotuvda bo'ladi);

- Bolaning tana harorati oshgan bo'lsa, atsetomenofen yoki boshqa uning yoshiga mos istma tushiruvchi vositasini ichiring;

- Bolaga ko'p suyuqlik bering.   

{xtypo_quote}Yoz kunlarida bolaning teriga SPF ko'rsatkichi kamida 30ga ega bo'lgan krem surib ko'chaga chiqarish kerak! Undan tashqari ko'cha(plyaj, dala)da bosh kiyim va imkon qadar yengi uzun yengil yozgi kiyimlar ham bola terini qo'shimcha ravishda kuyosh nurlaridan saqlab turadi. {/xtypo_quote}

Yoz ta'tilida bolalarning bo'sh vaqti juda ko'p bo'ladi. Shu davrda bolaning xavfsizligi uchun qayg'urish o'ta muhim hisoblanadi.

Bola yoz kunlarida xavfsiz bo'lishi uchun ota-onaning vazifasi:

1. Bolani quyosh nurlaridan himoya qilish. Ortiqcha kuyosh bolaning salomatligiga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

2. Bolani qizib ketishidan asrash;

3. Suvsizlanishga yo'l qo'ymaslik. Yoz kunlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan suvsizlanish o'ta xavfli holatni keltirib chiqaradi;

4. Suv xavzalarida 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga 24 sotalik nazorat bo'lishi kerak. Bolaning hatto bir soniyaga qarovsiz qolishi uning umriga xavf soluvchi holatni keltirishi uchun yetarli;

5. Uzoq joylarda bolaning bo'yniga ota-onaning telefon raqami yozilgan qog'ozni ilib qo'yish kerak. Yo'qolib qolsa, atrofidagi kattalar ota-onasini telefon orqali topa oladi;

6. Bolani quluflangan avtomobil ichida 1 daqiqaga ham yolg'iz qoldirmaslik kerak;

7. Dengiz va  basseynlarga bolani yolg'iz o'zini yubormang. Yaxshi suza oladigan lekin qarovsiz qolgan bolaning cho'kib ketishi ehtimoli katta;

8. Bola ko'chada ertalab soat 11 gacha yoki kech soat 4 dan so'ng o'ynashi lozim. O'n birdan 4 ga qadar quyosh nurlari ziyonli bo'ladi;

9. Katta suv xavzalarida cho'milish uchun mo'ljallangan joylardagina cho'milish kerak. Suv yoqasidan uzoqqa ketmaslik lozim;

10. Suvga sakrash juda xavfli. Agar sakrash mumkinligi haqida e'lon mavjud bo'lmasa, sakramagan ma'qul. Ko'rinmas toshlar, singan daraxt yoki tashlangan temir bola sakraganda tanasiga katta ziyon yetkazishi mumkin;

11. Bola balonda bo'lsa ham suvda yolg'izlatish mumkin emas. Odatda kichik yoshdagi bolalar cho'kkanidan emas, suvga qaqalib yoki balonda ag'darilib qolganidan nobud bo'ladilar;

12. Bola doim ota-onaning ko'z oldida bo'lishi kerak.

Xavfsizlik haqida gapirsa uning cheki bo'lmaydi. Xavfsizlikka nafaqat yoz kunlarida balki yil mobaynida rioya qilish kerak. Afsuski, aynan yoz kunlarida bola bilan noxush holatlar ko'proq yuz beradi. {xtypo_quote}Statistikaning ko'rsatishicha, aynan yoz ta'til kunlarida bolalar bilan sodir bo'ladigan favqulotta holatlar bir necha barobar ko'proq yuzaga keladi. {/xtypo_quote}Shuning uchun ta'til kunlari bolani zerikmasligini ta'minlab, unga yoqimli faoliyat bilan shug'ullanib bekorchi bo'lmasligiga imkoniyat yaratib berish kerak.

Dam olish maskanlari, oromgohlarda esa, eng muhimi ehtiyotkorlik va xushyorlik. Bunday joylarda ota-onaning bolada bo'lgan e'tibori 10 karra ko'proq bo'lishi talab etiladi. 

Maktab yoshidagi bolalar ta'tilga chiqqach zerikadilar. Uch oylik ta'tilni foydali o'tkazish mumkin. 

Ba'zi ota-onalar ta'til davomida ham bolasini dars bilan yuklab qo'yadilar. Agar bolada bolaligi yo'qolmasin va shu ajoyib davrdan to'liq zavqlana olsin desangiz, bu yo'lni tutmagan ma'qul. Ta'til darslardan dam olish uchun beriladi. 

Darsdan ko'ra bolani boshqa qiziqarli va muhimi foydali narsalar bilan band qilish afzalroqdir.

1. Qizlar uchun onasi bilan oshxona sirlarini o'rganish. Har kuni yoki har hafta qizingiz bilan birgalikda ajoyib taom yoki tort pishirib oilangizni xursand qiling. Yoshiga munosib retseptlardan foydalaning. Qizingizni o'zi asosiy ishlarni qilsin. 

2. O'g'il bolalar uchun eng yaxshi faoilyat taxtadan biron buyum yasash. O'g'lingizga maxsus bolalar uchun mo'ljallangan duradgor asboblaridan olib bering. Bir necha xil taxta keltirib qo'ying. Ta'til davomida uy uchun kerakli so'ri, buyum yoki dastgoh yasab bersin.

3. Hovlida bo'yash kerak bo'lgan devor, truba, eski javon, eshik kabi buyumlar ko'p bo'ladi. Bolangiz bilan birgalikda uydagi rangi o'chgan buyumlarni yangilab bo'yab qo'ying.

4. Sport bilan shug'ullanish. Albatta bolalar uchun sport juda foydalidir. Sport to'garaklarga olib borishga imkoniyatingiz bo'lmasa, uyga badminton, rolik yoki kichik tennis stolini olib bering. Yoz ta'tili davomida o'rganib olib o'yindan zavqlansin.

5. Narsa yasash. O'g'il bolalar varrak, qiz bolalar esa biron taqinchoq kabi o'ziga yoqadigan narsa yasashi uchun kerakli ashyolar uyga keltirib qo'ying.

6. Yozning jazirama kunlarida bolalar yaxna ichimliklar ichishni, muzqaymoq yeyishni yaxshi ko'radilar. Xilma hil ichimliklarni, uyda tayyorlanadigan muzqaymoqni birgalikda har kuni tayyorlab lazzatlanishingiz mumkin.

7. Isiiqda hamma cho'milishni istaydi. Bolani basseynga olib borish qiyin bo'lsa, uyga shishirilgan basseyn olib bering. Hovlingiz bo'lmasa, kvartirani balkoniga kichikrog'idan o'rnatib qo'ysa bo'ladi. Albatta bunday razmerdagi basseynlarda u suza olmaydi, lekin mazza qilib suv o'ynay oladi. Bu esa ularning jonu dili.

8. Ta'til kunlari bolangizni muzey, kino, teztr, sirk, hayvonot bog'i, o'yingoh, parklarga olib borishga vaqt ajrating. Bundan o'zingiz ham mazza qilasiz.

9. Bola kuni bilan ko'chada yoki televizor oldida vaqtini behuda o'tkazmasin desangiz, haftada bir marta uning do'stlarini uyga taklif qiling. Birga o'ynashsin, shirin ovqat qilib bering. Bolangiz sizga juda minnatdor bo'ladi.

10. Yuqorida aytganimizdek, dars qilmagan taqdirda ham kitob o'qishda davom etaversin. Ta'til uchun o'qishi kerak bo'lgan bir nechta kitob olib keling. Hammasini o'qib bo'lsa, unga biron sov'ga va'da qiling. Kitob o'qishdan foyda juda katta. 

Muhimi yuqoridagi barcha faoliyatni bola ota-onasi bilan birgalikda qilsin. Bunda u bir xunar o'rganib oladi va uning bolalikdagi eng shirin xotirasi ham mana shunday ajoyib o'tkazilgan ta'til bo'lib qoladi.  

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Yozda quyosh nurlari har doim ham foydali emas. Bolani quyoshning zararli nurlaridan asrash lozim:

1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

{xtypo_quote}Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.{/xtypo_quote}

7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

 

Kitob do'koni