Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ko'krak bezi saratoni

Afsuski, hozigi kunda ko'krak bezi saratoni ayol kasalliklari orasida eng ko'p uchraydigan kasallik bo'lib kelmoda. Ushbu kasallikni davolashda vaqtida qilingan diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda o'z ko'kraklarini tekshiruvdan o'tkazishi shart.

Nega?

Ko'krak bezi saratoni kasalligining dastlabki bosqichi alomatsiz kechadi. Natijada kasallik ayol bilmagan holda keyingi og'irroq bosqichlariga o'tib ketadi. Bu esa kasallikni davolashda qo'shimcha qiyinchiliklarni va zararli muolajalrni talab etadi. O'z vaqtida aniqlangan kasallikni davolash esa osonroq kechadi va ko'pincha ayol uchun ijobiy yakunlanadi.

Ko'krak bezi saratoni kasalligi bilan kasallanish xavfi kimda bor?

1. Yoshi ulg'aygan, ya'ni 50 yoshdan oshgan ayollarda;
2. Ona, xola yoki buvisida saraton kasalligi mavjud bo'lgan ayollarda;
3. Genetik kasallikka ega bo'lgan ayollarda (BRCA1 va BRCA2 genlardagi deffekt)
4. Birinchi hayz ko'rish davri 12 yoshgacha bo'lib, menopauza (hayz ko'rishni tugatish) davri 55 yoshdan oshgan ayollarda;
5. Ko'p spirtli ichimlik iste'mol qilgan ayollarda;
6. Tug'magan ayollarda;
7. Yoshi 30 dan oshib tuqqan ayollarda;
8. Farzandini ko'krak suti bilan emizmagan ayollarda;
9. Estrogenlik gormonal dori-vositalarini 1 yildan ko'p qabul qilgan ayollarda;
10. Radiatsiya ta'siriga uchragan ayollarda.

Ko'krak bezi saratoni kasalligining alomatlari uning dastlabki bosqichlarida bilinmasligi mumkin. Kasallik rivojlangan sari u quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin:

- ko'krak yoki qo'ltiq ostida shishlar mavjudligi, ular odatda og'riqsiz bo'ladi;
- ko'krak yoki ko'krak uchining shakli, rangi yoki strukturasining o'zgarishi (masalan, qizarib qolishi, g'adir-budurlik vujudga kelishi yoki terining silliqmasligi);
- ko'krak uchidan qon yoki yiring ajralishi.

Kasallikning og'ir bosqichlarida quyidagi alomatlar vujudga keladi:
- suyaklar og'rishi;
- ko'krak og'rishi;
- terida yaralar paydo bo'lishi;
- saraton kasalligi mavjud bo'lgan ko'krak tomon qo'lda shishlar paydo bo'lishi;
- vaznning tez yo'qotilishi.

Ko'krak bezi saratoni kasalligini davolash

Ushbu kasallikni davolshda vaqtida amalga oshirilgan diagnostika muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda mammolog (ko'krak bezi kasalliklari mutaxassisi) ko'rigida bo'lishi shart. Axir sog'lom ayol eng go'zal ayoldir.

2012 yil 1 may kuni Toshkent shahrida "Vo imya jizni" forum-marafoni aynan ayol ko'krak bezi saratoni kassalligiga "YO'Q" deb, ayollarni o'z salomatliklariga qayg'urishga undaydigan ajoyib tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir mana 3 yildan beri butun Respublika bo'ylab o'tkazilib 100 000 dan ortiq odamni qamrab kelmoqda.
Minglab odamlar Toshkent markazida yig'ilib ushbu tadbirda qatnashib, shunday savobli va foydali ishga o'z hissasini qo'shdilar. Marafon tashkilotchilari "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi, Ko'krak bezi saratoni milliy assotsiatsiyasi, Syuzen Komen (AQSh) fondi va ROO "Ayollar uyushmasi" bo'ldilar. (fundforum.uz sayti ma'lumotlari)

Shunday tadbir natijasida minglab odamlar ko'krak bezi saratoni kasalligi haqida, uni vaqtida diagnostika qilish qanchalik muhim ekanligi haqida bilib oldilar.
O'zbek oilasi uchun, xususan ayollarimiz uchun o'tkazilgan shunday marafon tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Axir halqimizni ayollar beshikda tebratadi. Shunday ekan ayollarni asrash, ularni qadrlash juda muhim. Rahmat sizlarga "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi va Ko'krak bezi saratoni milliy uyushmasi!!!

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Pazandaxon's Avatar
    • Ovoz berish (Qish 2017)
    • Uzbaby meni nomizodimni qo'ymasangiz ham mayli. Shunchaki qizlar qo'ygan rasmlarga havasim kelib, qish manzarasi aks etmagan bo'lsa ham rasm qo'ygandim. ^xoxo$ ^xoxo$
    • Pazandaxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Zaychikning shinamgina oshxonasi
    • Zaychik qo'llariz dard ko'rmasin. Konkurentlarim ko'payotganidan xursandman. qisish@ qisish@ qisish@ :chapak ha-ha Oshxonangizni ko'rib havasim keldi. Men ham boshidan o'zimning oshxonamni ochsam bo'larkan degan hayolga keldim. Retseptlar bir joyda saqlanib turar ekan.Hozir meni retseptlarim xar xil yerda....
    • Pazandaxon
    • Gulilola's Avatar
    • Qadrdon forumdoshlar bormisiz-omonmisiz?
    • Rahmat, ismi Sabrina.[/quote] Tabriklayman umri bilan bergan bulsin. Qancha oylik buldilar shirin qiz? Chiroyli isim tanlabsizlar.molodes Katta akam qizchasini ismi Sabrina. Meni qizimniki Sabina bulgani uchun. Rosa uyuqoshu hamma adashib ketadi. lol:
    • Gulilola
    • Gulilola's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Oooo muslima bugun qandaydir alohida kunmi? Yoki qaynisingillariz kelishganmi? Bugun biz ham aylanib keldik. Bolalar basseynda cho'milshdi. Kechga baliq qovurgan edim salat bn. Hozir esa bolalarni uxlatib, Teh-tarik choy ichiiiib, suhbatlashib o'tiribmiz. %choy Desertga medoviy[/quote] Qaynisingillarim kelib qolisharmikin deb kutgandim, kecha to'satdan kechqurun to'satdan kelishdi, bugun keselar jigar shashlik, qozon kabob, praga tort, shuba salat ham bor oz ozdan hammaga yetadi[/quote] Muslima opa qaynisingillarizga judayam havasim keladi. Ularni shunchalik hurmat qilasizki. Urnilarida bulib qolgim keldi...
    • Gulilola

Davomi »

loading...

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring