headerasila

Система Orphus

BLOGdagi yangi yozuvlar

Ortiqcha vazn miqdorini hisoblash

Ingliz   Metrik
lbs
ft   in

Sayt rivojlanishi uchun!

Amount: 

Ko'krak bezi saratoni

Ko'krak bezi saratoni

Afsuski, hozigi kunda ko'krak bezi saratoni ayol kasalliklari orasida eng ko'p uchraydigan kasallik bo'lib kelmoda. Ushbu kasallikni davolashda vaqtida qilingan diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda o'z ko'kraklarini tekshiruvdan o'tkazishi shart.

Nega?

Ko'krak bezi saratoni kasalligining dastlabki bosqichi alomatsiz kechadi. Natijada kasallik ayol bilmagan holda keyingi og'irroq bosqichlariga o'tib ketadi. Bu esa kasallikni davolashda qo'shimcha qiyinchiliklarni va zararli muolajalrni talab etadi. O'z vaqtida aniqlangan kasallikni davolash esa osonroq kechadi va ko'pincha ayol uchun ijobiy yakunlanadi.

Ko'krak bezi saratoni kasalligi bilan kasallanish xavfi kimda bor?

1. Yoshi ulg'aygan, ya'ni 50 yoshdan oshgan ayollarda;
2. Ona, xola yoki buvisida saraton kasalligi mavjud bo'lgan ayollarda;
3. Genetik kasallikka ega bo'lgan ayollarda (BRCA1 va BRCA2 genlardagi deffekt)
4. Birinchi hayz ko'rish davri 12 yoshgacha bo'lib, menopauza (hayz ko'rishni tugatish) davri 55 yoshdan oshgan ayollarda;
5. Ko'p spirtli ichimlik iste'mol qilgan ayollarda;
6. Tug'magan ayollarda;
7. Yoshi 30 dan oshib tuqqan ayollarda;
8. Farzandini ko'krak suti bilan emizmagan ayollarda;
9. Estrogenlik gormonal dori-vositalarini 1 yildan ko'p qabul qilgan ayollarda;
10. Radiatsiya ta'siriga uchragan ayollarda.

Ko'krak bezi saratoni kasalligining alomatlari uning dastlabki bosqichlarida bilinmasligi mumkin. Kasallik rivojlangan sari u quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin:

- ko'krak yoki qo'ltiq ostida shishlar mavjudligi, ular odatda og'riqsiz bo'ladi;
- ko'krak yoki ko'krak uchining shakli, rangi yoki strukturasining o'zgarishi (masalan, qizarib qolishi, g'adir-budurlik vujudga kelishi yoki terining silliqmasligi);
- ko'krak uchidan qon yoki yiring ajralishi.

Kasallikning og'ir bosqichlarida quyidagi alomatlar vujudga keladi:
- suyaklar og'rishi;
- ko'krak og'rishi;
- terida yaralar paydo bo'lishi;
- saraton kasalligi mavjud bo'lgan ko'krak tomon qo'lda shishlar paydo bo'lishi;
- vaznning tez yo'qotilishi.

Ko'krak bezi saratoni kasalligini davolash

Ushbu kasallikni davolshda vaqtida amalga oshirilgan diagnostika muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda mammolog (ko'krak bezi kasalliklari mutaxassisi) ko'rigida bo'lishi shart. Axir sog'lom ayol eng go'zal ayoldir.

2012 yil 1 may kuni Toshkent shahrida "Vo imya jizni" forum-marafoni aynan ayol ko'krak bezi saratoni kassalligiga "YO'Q" deb, ayollarni o'z salomatliklariga qayg'urishga undaydigan ajoyib tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir mana 3 yildan beri butun Respublika bo'ylab o'tkazilib 100 000 dan ortiq odamni qamrab kelmoqda.
Minglab odamlar Toshkent markazida yig'ilib ushbu tadbirda qatnashib, shunday savobli va foydali ishga o'z hissasini qo'shdilar. Marafon tashkilotchilari "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi, Ko'krak bezi saratoni milliy assotsiatsiyasi, Syuzen Komen (AQSh) fondi va ROO "Ayollar uyushmasi" bo'ldilar. (fundforum.uz sayti ma'lumotlari)

Shunday tadbir natijasida minglab odamlar ko'krak bezi saratoni kasalligi haqida, uni vaqtida diagnostika qilish qanchalik muhim ekanligi haqida bilib oldilar.
O'zbek oilasi uchun, xususan ayollarimiz uchun o'tkazilgan shunday marafon tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Axir halqimizni ayollar beshikda tebratadi. Shunday ekan ayollarni asrash, ularni qadrlash juda muhim. Rahmat sizlarga "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi va Ko'krak bezi saratoni milliy uyushmasi!!!

Tavsiya qilamiz:
INSULT: oldini olish
Miyadagi qon aylanishining keskin buzulishiga insult deb ataladi. Boshqa kasalliklar singari insultni ham davolashdan ko
Cho'chqa grippi nima degani
"Cho'chqa grippi" grippning bir turi bo'lib, inson va hayvonlar kasalligidir. Bu gripp turining rivojlanishi va ko'payis
Gripp va uni oldini olish
Gripp - bu o'tkir virusli kasallik hisoblanadi. U odatda havo orqali yuqadi. Grippga chalinganda eng muhimi tanaga dam b
sigaret va bola
Ota-onalar farzandi uchun ko'p narsa qilishga tayyor. Tumandagi eng zo'r maktabga yuboradilar, betob bo'lsa, topilmas do

Izohlar  

 
+2 # Qobiljon 2013-2013-17 20:21
Sal[censored]. Ko'krak sarToni boshlangan od[censored] qanday tabiiy narsalardan faydalansa boladi?
 

Izoh yosish huquqingiz yo'q

Ozish va go'zlallik sirlari

Go'zal bo'lish Go'zal bo'lish sirlari

Har bir zamonda ayollar go'zalligi turlicha namoyon bo'lar edi. Agar Rubens davrida ayol semizligi b [ ... ]

davomi...
Terini quyoshdan saqlash qoidalari Terini quyoshdan saqlash qoida...

Quyosh nurlari terini vaqtidan oldin qaritib yuboradi. Dog'lar, oq papilloma o'simtalari, ajin kabi  [ ... ]

davomi...

Oilaviy hordiq maskanlari

NEXT - Bolalar uchun ilmf-fan ...

NEXT majmuasi Toshketndagi eng katta hordiq chiqarish majmualaridan biri hisoblanadi. Ushbu majmuada [ ... ]

davomi...
Ice Avenue (muz saroyi) Ice Avenue (muz saroyi)

Haqiqiy muzdan yasalgan, maydoni 50X25m ga teng bo'lgan katok. Bir martalik uchish abonementi ichiga [ ... ]

davomi...
TOP

Bizga qo'shiling: facebook twitter flickr

 

Uzbaby.uz © 2009-2014 Saytdagi materialni qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi 

qonunchiligiga binoan qat'iyan taqiqlanadi.


konkurs