bola va kompyuter

Bolaga telefon va kompyuterning zarari

Hozirgi kunda kompyuter va internetsiz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Lekin bolalarning kompyuterdan uzoq vaqt fydalanishi ota-onani xavotirga solib qo'yadi.

Kompyuterda ko'p vaqt o'tkazishning bolaga bo'lgan ta'siri:

Ko'rish a'zolarining zoriqishi. Kompyuterga termilib o'tirish davomida nafaqat ko'z mushaklari zo'riqishini talab qiladi, balki ko'z ichki tomirlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Markaziy asab tizimini buzulishi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, 10-12 yoshgacha bo'lgan bolalarning kompyuterda ko'p o'tirishi ularning asabini buzulishiga olib kelar ekan. Bu narsa bolaning ortiqcha charchovda, bosh og'rish, uyquning buzulishi, kayfiyatining tushishi, asabiylashgani yoki o'ta passivligi, xayoli joyda bo'lmay qolishi kabi holatlarda namoyon bo'lar ekan.

Qo'l, yelka va bo'yin mushaklarining o'zgarishi. Kompyuterta o'tirgan bolaning rivojlanayotgan qo'l, yelka va bo'yin mushaklari bir holatda uzoq vaqt davomida turishi natijasida qo'l mushaklarining ortiqcha holdan toyishiga, qon aylanishining buzulishiga, ayrim hollarda mushak og'riqlariga olib keladi.

Bolaning psixikasi buzilishi. Bola uzoq vaqt kompyuterda o'tirib, u orqali virtual munosabatlar o'rnatib haqiqiy hayotdagi munosabatlardan qochadigan bo'lib qoladi. Unga kompyuter do'st, sinfdosh, suyukli inson o'rnini bosadigan vosita bo'lib qoladi. Ayniqsa kamgap bolalar kompyuterda internet orqali gaplashish osonroq ekanligini tez anglab, odamlardan qochadigan, ochiq suhbat qila olmaydigan, do'stlasha olmaydigan bo'lib qoladi.

Albatta, bugungi kunda bolani kompyuterdan xoli qilishning iloji yo'q. Undan tashqari o'qish, ishlash jarayoni kompyuter va internetga bog'liq bo'lib qolgani uchun bola kompyuterni bilishi kerak.

{xtypo_quote}Aslida bola zerikkanda kitob o'qishi eng yaxshi tanlov. Lekin kitob o'qishga bolani ota-ona qiziqtira bilishi kerak. Albatta kuni bilan serial ko'rayotgan onasini ko'rgan bola, hech qachon kitob qiziq ekanligiga ishona olmaydi.{/xtypo_quote}

Lekin ota-ona bolaga kompyuterning zararini minimallashtirish yo'lini qo'llashi lozim, ya'ni:

1. Bola maktabga bormaguncha umuman kompyuterdan foydalanmasligi shart.
2. Uydagi kompyuterda o'yin umuman bo'lmasligini ta'minlash kerak, albatta til o'rgatuvchi yoki bilim beruvchi o'yinlar bundan mustasno bo'lishi mumkin. Boshqa o'yinlar bolaning haqiqiy hayotga bo'lgan nazarini salbiy o'zgartiradi. O'yinda ayrim to'sqinliklardan o'ta olib millioner bo'lish imkoniyati borligini ko'rgan bola hayot ham shunday oson ekan deb tasavvur qila boshlaydi.
3. Maktab yoshidagi bolalarga kompyuterdan foydalanish vaqti chegaralangan bo'lishi lozim. O'n-o'n ikki yoshgacha kuniga 1 soatdan oshmasligi, 12-16 yoshda 2-3 soatni tashkil qilishi mumkin.
4. Kompyuterdan o'qish, bilim orttirish maqsadida foydalanishgagina ruxsat berilishi kerak. O'yin va ermak uchun man qilinishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
5. Uyda internet ulangan bo'lsa, ayrim saytlarga blokator o'rnatib qo'yish kerak. Internetda bola ko'ziga munosib bo'lmagan minglab saytlar mavjud, bu saytlarga bola bilmasdan turib kirib qolishi mumkin. Shuning uchun, internet ulagan provayderga bolaga munosib bo'lmagan o'sha saytlarni yopib qo'yishini iltimos qilsangiz, provayder o'zi blokator o'rnatib qo'yadi.
6. Bola kompyuterda o'tirganda vaqti-vaqti bilan u nima qilayotganini tekshirib turish lozim. Xonaga kirib kompyuter ekraniga qarash yetarli emas, bola foydalanayotgan saytlar, ko'rgan ma'lumotlar, foydalanayotgan programmalarni nazorat qilib turish kerak.
7. Bolaga kompyuter ko'chada o'ynashni, do'stlar bilan ko'rishib gaplashishni, ovqatlanishni, televizor ko'rishning o'rnini bosmasligini ta'minlash foydadan xoli bo'lmaydi.
8. Bolani oldida o'zingiz kompyuterda o'yinlar o'ynab, do'stlaringiz bilan suhbatlashib salbiy namuna bo'lmaganingiz yaxshi.
9. Bola kompyuterdan ijobiy maqsadlarda foydalanishini istasangiz, u bilan birga foydali saytlar va dasturlardan birga zavqlanib vaqt o'tkazing.
10. Bolaning asab tizimida, kayfiyatida, ota-onasi va do'stlari bilan munosabatlarida keskin salbiy o'zgarishlar ro'y berayotgan bo'lsa, kompyuterda o'tkazayotgan vaqtini kamaytirib ko'ring. Natijasi yaxshi bo'lsa, demak sabab kompyuterda. Bola umuman kompyuterdan voz kecha olmay, janjal qilib, isterikaga tushib, kompyutersiz odamovi bo'lib qolayotganini sezsangiz, psixologga uchrashishingiz talab etiladi.

Oxirgi yillarda "kompyuterga qaramlik", degan ibora tez-tez uchramoqda. Xitoy, AQSH va Evropaning ba'zi mamlakatlarida bu qaramlikni kasallik deb, davolab kelmoqdalar. 2015 yilning yoz kunlari bunday qaramlik tufayli maktab o'quvchisi kompyuter o'yinini o'ynash chog'ida vafot etgani e'lon qilindi.

Afsus, ba'zi ota-onalar mobil aloqa vositalari bolaga qattiq zarar keltirishi haqida o'ylamaydilar. 

Quyidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqib, xulosa chiqarasiz.

Bolaning tili chiqmaguniga qadar unga telefon, kompyuter vositalarini berish mutlaqo mumkin emas. Kichikligidan ekranga qarashni odat qilgan bolaning tili kech chiqadi, gapirishda qiynaladi va atrofdagilar bilan muloqot qila olmaydi. Unda logopedik muammolar yuzaga keladi. 

Bola asabiylashganda "ekran" bilan uni ovutmaslik muhim. Bunga u odatlanib, katta bo'lganida hayotda uchraydigan qiyinchiliklarga duch kelganida, o'z kuchi bilan ularga bardosh bermay, biron o'yinchoq(ichkilik, kompyuter o'yinlari, narkotik)dan malham izlaydi. Bola asabiylashib qiyinchilikni boshidan kechirayotgan payti unga onaning e'tibori talab etiladi, kompyuter yoki telefon ekrani emas. O'z vaqtini va sabrini qizg'ongan ona bolasiga telefon yoki kompyuter tutqazib qo'yadi. Shu yo'l bilan u bolaning hayotda kuchli bo'la olish, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatiga qattiq zarba beradi.

Bolani hech qachon kompyuter o'yinlari rivojlantirmaydi. Gadjetlar yordamida bolani miyasini charxlamoqchi bo'lgan ota-onalar mutloq xato qiladilar. Bolani kichikligida muloqot, suhbat, qo'li bilan ushlash, his etish, eshitish, ko'rish kabi tuyg'ulari rivojlantiradi. Bola ekrandan ma'lumot olishni, o'yinlar orqali biron vazifa bajarishga o'rganib qolsa, u hayotga, jamiyatga moslashishi juda qiyin kechadi. Ekranda udddalay olgan vazifani hayotda umuman bajara olmaydi. Chunki u ekran bilan muloqot qilishga o'rganib qolgan. Undan tashqari Amerika pediatriya uyushmasining ta'kidlashicha, kompyuter o'yinlari va mobil gadjetlar orqali bolaning rivojlanish darajasi pasayadi.

Bolaning ekranga tikilib o'tirishi natijasida uning asablari buziladi. Bola o'zi sezmagan holda qattiq charchaydi, lekin ekrandan o'zini olib qocha olmaydi. Shunda unda asabiylik, zardalanish, g'ijinish va ba'zida agressiya ham rivojlanadi. 

Kompyuter o'yin va gadjetlarga bo'glanib qolgan bola hayotdagi mashg'ulot va o'yinlarda o'zini yaxshi namoyon eta olmaydi. Uning reaksiyasi faqat ekrandagi vazifalarga bog'lanib qolgan bo'lgani uchun, hayotiy holatlarni uddasidan chiqa olmaydi. Shu qatorda sport bilan ham shug'ulanayotganda qiynaladi.

Ba'zi tadqiqotlar yaqin yillarda bolalar va o'smirlar orasida keng tarqalayotgan semizlik sababini ham mobil va kompyuter vositalaridan ko'rishmoqda. Bola ko'chada chopib o'ynashga, ekranga soatlab termulib o'tirishni afzal ko'ra boshlaydi. Natijada uning modda almashinuvi tizimi ishdan chiqadi va jaddal tarzda semizlik rivojlana boshlaydi.

Bola haqiqiy go'zallik nima ekanligini sezmay qoladi. Ekranda ko'rayotgan suratlarga o'rganib qolgan bola tabiatni, qush va gullarni, umuman atrofni go'zalligini ko'rmay, sezmay  qoladi. Uning ko'zida ko'rinmas plyonka ekrandagi suratlarni namoyon etaveradi.

{xtypo_quote}O'n yoshga to'lmagan bolada mobil telefonlarning ta'siri natijasida miyada bo'ladigan patologik buzilishlar kattalarnikiga nisbatan tezroq va kengroq yuzaga kelar ekan. Bu esa kelajakda jiddiy kasalliklarga sababchi bo'lishi mumkin.{/xtypo_quote}    

Mobil vositalari orqali internetga ham qaram bo'lib qolish mumkin. Qisqa ma'lumot, tez almashuvchi suratlarga o'rgangan bola, kitob o'qiy olmaydi, undan tashqari uzoq muddat bir joyga diqqatini yig'a olmaydigan bo'lib qoladi. 

Amerika pediatriya uyushmasining ko'rsatishicha, bolaga chegaralangan holda kompyuter va mobil vositalardan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Lekin bunda bolaning yoshi alohida ahamiyat kasb etadi:

  • Bola 7 yoshga to'lguniga qadar mobil va kompyuter vositalaridan umuman foydalanmasligi kerak;
  • Bola 7 yoshidan 12 yoshiga qadar ekran(televizor, planshet, mobil telefon va hokazolar)dan ko'pi bilan 2 soatgacha foydalanishi lozim;
  • O'n ikki yoshdan so'ng mobil va kompyuter vositalaridan faqat o'qish, bilim olish yoki dars qilish vositasi sifatida kuniga maksimum 2-3 soat foydalansa zarar bo'lmaydi;

 

Kitob do'koni