bolada depressiya

Bolalarda depressiya va stress

Kichik bolalarimizning xulq-atvoriga, o’zini tutishiga ahamiyat bermog’imiz lozim. AMI-TASSning xabariga binoan, kanadalik olimlar tadqiqodlar o’tkazib, maktab oldi yoshdagi bolalarning 15 foizida depressiya va xavotir olish darajasi yuqori ekanligini aniqlashibdi.

Olimlar 5 yil davomida maktab oldi yoshdagi bolalarning xulq-atvori va kayfiyatini kuzatib borishibdi.

Tadqiqodlar natijasi shuni ko’rsatdiki, maktab oldi yoshidagi bolalarning 15 foizida psixika bilan muammolar mavjud bo’lib, bu muammolar 6-7 yoshga kelganda depressiya va xavotirga olib kelar ekan.

Yana aniq bo’ldiki, depressiyaga sazovor bo’lgan bolalarning onalari ham bu kasallikdan qiynalmoqda ekanlar.

{xtypo_quote_left}Maktab oldi yoshdagi bolalarda psixologik buzulishlarning bunday erta diagnostikasi psixologlarni o’ylantirib qo’ydi. Ularning fikricha ota-onalar va mediklar bolalarning kayfiyatlariga, xulq?atvoriga alohida ahhmiyat bermoqligi zarur, chunki ahamiyatdan xoli qolgan bu muammolar kelajakda bolalar psixologik sog’lig’iga zarar yetkazishi mumkin, do’stlar bilan aloqada va o’qishda bir qator muammolar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.{/xtypo_quote_left}

Angliya va Koreya tadqiqotchilarining fikricha, bolaning asabiy va agressiv bo'lishi bilan kompyuter o'yinlarini o'ynash orasida uzviy bog'liqlik bor ekan.

Tadqiqtolar shuni aniqladiki, kompyuter o'yinlarini o'ynayotgan bolaning yaxshi rivojlanmagan psixikasi juda katta zarar ko'rar ekan. O'yinlarda qiyinchiliklardan o'tish shartlari bo'lsa, bu bolada agressiyani rivojlantirar ekan. Hatto oddiy TETRIS o'yinida ham bir pog'onadan ikkinchi pog'onaga o'tish shartlari mavjud bo'lib, bolani asabiy qilishi aniqlandi.

Ba'zi ota-onalar kompyuter o'yinlari orqali bola rivojlanadi deb, unga maxsus o'yinlar ham olib beradilar. Afsus bu noto'g'ri yondashuv. Bolaning rivojlanishi uchun 5 hissiyot jalb etilishi kerak. Ko'rish, tegish, hidlash, eshitish va tatib ko'rish. Kompyuter o'yin o'ynash davomida bu hissiyotlardan birontasi ham jalb etilmaydi. Hatto ko'rish ham bu yerda passiv jalb etilgan, ko'rish davomida bola bir narsani ko'rib turib o'rganmay, o'yin davomida surat almashinuvini idrok etadi xolos. 

Natijada kompyuter o'yinlari nafaqat bolani aqliy rivojlantirmaydi, balki birinchidan, ularning psixiasiga salbiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinchidan bolani asabiy qilar ekan.

Koreada internet va kompyuter o'yinlari juda rivojlangan hisoblanadi. Korea olimlari o'yin o'ynayotgan bola miyasi bilan kitob o'qiyotgan bola miyasini maxsus apparatlar yordamida o'rgandilar. Kitob o'qish davomida miyada shunday o'zgarishlar sodir bo'lar ekanki, u miyaga vitamin yuborilganga teng holat ekan. Kompyuter o'ynash davomida esa miya qizigan yoki og'riyotgan holatni namoyon qilar ekan.

Bola kompyuterdan foydalanishga umr mobaynida hali ulguradi. Lekin ko'chaga chiqib chopib, dumalab, to'p tepishga katta bo'lganida imkoni bo'lmaydi. 

Kompyuter o'ynashni taqiqlamang, uyda kompyuter o'yin bo'lmasligini ta'minlang. Kompyuterda 10 tadan ortiq o'yin borligini, otasi kunda ularni o'ynashini bilgan bola, albatta o'ynashni istaydi, lekin uyda o'yin bo'lish-bo'lmasligi avallambor ota-onaning tanlovi.

{xtypo_quote}Muhim ma'lumot! Kompyuter o'yinlari rivojlangan Koreya va Yaponiya mamlakatlari yoshlari kuchli psixologik muammolarga egaligi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydilar (Halqaro Sog'liq tashkiloti ma'lumoti).{/xtypo_quote} 

Bolaning psixologik holati juda muhim. Bola kasal bo'lganida uning davolanishi ham, bolaning immuniteti ham uning psixologik holati bilan ulanib ketgan.  

Bola kasal bo'lganida onaning ko'ngliga hech narsa sig'may qoladi. Bolani davolash uchun palon pullik dorilarga pulini ham, shifokorlar qabuliga tushish uchun vaqtini ham ayamaydi.

Bolani ona ham davolashi mumkin. Buning uchun faqat mehrga to'la qalb talab etiladi, xolos.

Ona mehri vitamini.

Ushbu oddiy so'zlar bilan ona bola organizmini foydali vitamin bilan to'ydira oladi: "Sen mening hayotimdagi eng kerakli insonsan. Sen men uchun qadrlisan. Men sensiz yashay olmayman. Dadang va Onang seni juda yaxshi ko'ramiz!"

Ona-terapiya.

Yengil kasalliklarda davo vositasi: "Sen juda kuchlisan va sog'lomsan. Sening yuraging, tanang va qorning kuchli va sog'lom. Sen yaxshi ovqatlanasan va sog'lom rivojlanasan. Sen juda kam kasal bo'lasan."

Psixologik ko'mak.

Bolani psixikasi sinmasligi uchun unga ozuqa berib turish lozim. "Sen yoqimli bolasan. Yaxshi uxlaysan. Asabiy emassan. Sabr-toqatli va aqlli bolasan. Tiling yaxshi rivojlangan. Miyang yaxshi ishlaydi. Senda hammasi yaxshi bo'ladi."

Kuchli zarba.

Bola qattiq kasal bo'lganida dori vositalaridan tashqari onaning mehr va e'tibori nihoyatda kerak. Ona o'zining shirin so'zu-mehri bilan kasallikka zarba berishi lozim. "Seni juda yaxshi ko'raman. Sen bizga keraksan. Kasalliklaring yo'q bo'lib ketsin. Kasalligingni olib tashlab yuboraman. Qiynalganlaringni olib unutib yuboraman. "

Bola ota-onasidan hadeb tanbeh eshitaversa, kasal bo'lishi oson bo'lib qoladi. Ota-onasi ishonmagan, urushgan bolani tuzalishi qiyinroq kechadi.

Ota-ona bolaga charchov, alam va ranjish ko'zlari bilan qarasa, bolaning hayotida omadsizliklar va kasalliklar ko'p yuz beradi. Bu tasdiqlangan psixologik faktor.

Har kuni bolaga kamida 3 marta ota-ona mehrga to'la so'zlarni aytishi lozim. Bola onasining gaplarini his etib qabul qilishi kerak. Kasal bo'lgan bolaga esa, bundan 10 barobar ko'proq mehr va e'tibor talab etiladi.

{xtypo_quote}Bolaga har doim, "Men seni yaxshi ko'raman", deb yurishga odatlaning.{/xtypo_quote}

 

 

Kitob do'koni