bolani virusdan saqlash

Bolani epidemiyada viruslardan saqlash

Epidemiya davrida yoki uyda kimdur kasal bo'lganda bolani tabiiy ravishda kasallikdan himoya qilish yo'llari.

1. Eng asosiysi, bolani kasal oila a'zosi bilan iloji boricha kamroq kontaktta bo'lishini ta'minlash. Agar ona kasal bo'lib qolgan bo'lsa, u holda bola bilan muloqot mobaynida yuzga maska taqish kerak;

2. Bola uyda bo'lmaganida uyni shamollatib, nam lattada chang va pollarni artib turish kerak;

3. Bolaning xonasiga va karavati yoniga sarimsoq piyozi to'g'ralgan idishni qo'yib, sarimsoq piyozni qayta-qayta yangilanib turish lozim;

4. Har kuni bolaga namatak damlamasi, klyukva sharbatidan ichirib tursa, bola organizmi viruslarga bardoshliroq bo'ladi;

5. Bolaning terlamasligi muhim ahamiyatga ega;

6. Ikki yoshdan oshgan bolaga ertalab och qoringa sedana yog'ini (toza va sovuq siqish orqali olingan yog' bo'lishi kerak)1 choy qoshiq ichirish bolaning immunitetiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;

7. Uyda bemor bo'lsa, u ishlatayotgan idish va qoshiqlarni alohida joyda saqlash va bolaning ulardan foydalanishiga yo'l qo'ymaslik;

8. Bola ko'chadan kelganida albatta qo'llarini sovunlab kamida 2-3 daqiqa davomida ishqalab yuvdirish.

Bolaga qo'lini to'g'ri yuvishni o'rgatib ota-ona avallambor uni ko'plab kasalliklardan, xususan gripp va shamollashdan saqlaydi. Statistikaga qaraganda aynan qo'lning toza bo'lishi kasalliklarni 10 barobar kamroq yuzaga kelishini ta'minlar ekan.

 

Qo'lni juda ko'p yuvish ham, umuman uvmay yurish ham yaxshi emas. Tez-tez yuvilgan qo'llarda mikroblarga qarshi immunitet hosil bo'lishi qiyin bo'ladi. Natijada bola organizmi oddiy mikroblarga bardoshsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun qo'lni:



    • Ko'chadan kelganda;

 

    • Ovqatlanishdan oldin;

 

    • Kir bo'lganida yuvish kerak.



Bola kichikligidanoq qo'l yuvish jarayonini bilib olishi lozim. Ota-ona bolaga qo'l yuvishda namuna bo'lishi, bolada qo'l yuvish jarayoniga hurmat bilan qarashga turtki bo'ladi.

 

Quyida qo'l yuvish qadamlari ko'rsatilgan bo'lib, ularni har safar bajarish kerak.

 

qol yuvish

 

Qo'l yaxshilab yuvilib bo'lgach, yaxshilab chayilishi ham muhim. 

Kitob do'koni