Bolani hashorot chaqsa, nima qilish kerak?

Bolani hashorot chaqsa, nima qilish kerak?

Yoz kunlari bolalar ko'p vaqtini ko'chada o'tkazadi. Shu davrda hashorot chaqishi ko'p uchraydi. Ba'zi bolalarda bu kuchli allergik reaksiya qo'zg'atishi mumkin. 

1. Bolani nima chaqqanligini bilish lozim. Zaharli hashorot bo'lsa, shifoxonaga borish talab etiladi;

2. Bolada allergik reaksiya boshlanayotgan bo'lsa, darhol tez yordam chaqirish kerak. Kuchli allergik reaksiya hayot uchun xavfli anafilaktik shokni keltirib chiqarishi mumkin.

Allergik reaksiya alomatlari:

  • Nafas olishda qiynalish;
  • Lab, tomoq, bo'yin va nafas olish organlarining shishi; 
  • Yurakning tez urishi;
  • Xushdan ketish;
  • Ko'ngil aynash, qusish;
  • Muzdek ter ajralishi.

{xtypo_quote} Bolada allergik reaksiya qo'zg'agan bo'lsa, zudlik bilan tez yordamni chaqirtirib, ungacha prednizolon yoki deksametazon (2-3 ml) mushak ukolini qilish talab etiladi.{/xtypo_quote}

3. Bolani hashorot chaqqanda organizmda allergik reaksiya bo'lmay, faqat chaqilgan joy shishib qizarsa, u holda:

  • Chaqqan joyga muz qo'ying;
  • Allergiyaga qarshi dori ichtiring;
  • Allergiyaga qarshi maz surib qo'ying (fenistil-gel);
  • Teridan hashorotning tana qismlarini chiqarib tashlang, aks holda yallig'lanib ketishi mumkin;
  • Agar shish juda katta bo'lib, qattiq qichitsa, u holda gormonal mazlardan foydalaning.

{xtypo_quote}Bolada yoki yaqin qarindoshlarida bundan oldin hashorotlarga nisbatan kuchli allergik reaksiya yuz bergan hollari bo'lsa, dam olishga borganingizda va uy aptechkasida prednizolon yoki deksametazon mushak ukoli doim tayyor turishi kerak.{/xtypo_quote}

4. Bolani o'rgimchak chaqqan bo'lsa, uning zaharli bo'lish ehtimoli katta bo'lgani uchun darhol shifoxonaga borish zarur.

5. Ba'zi dengiz hashorotlari odam terini kuydirish xususiyatiga ega. Bolani dengiz hashoroti chaqib yoki terini kuydirib olgan bo'lsa, zudlik bilan shifokorga ko'rsatib, kerakli muolajalarni olish kerak.

6. Ayrim mamlakatlarda hashorotlar jiddiy infeksion kasalliklarni tashuvchisi bo'ladi. Shunday mamlakatlarga borishdan oldin kerakli emlash vositalarini qabul qilish talab etiladi.

O'rmon, tropik o'simliklar mavjud parklarda bolani hashorotlarni chaqishidan asrash uchun:

Teri ko'rinmaydigan holatda kiyintirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yengi uzun ko'ylak, paypoqqa kiritilgan shim, imkon qadar bo'yin va qo'llar ham bekilgan bo'lishi lozim;

Yopiq kiyinish imkoniyati bo'lmagan holda, tananing ochiq joylariga hashorotlarga qarshi maxsus krem(repellent)ni sepib yursa bo'ladi. Repellent vositalarining hammasi ham bolalar uchun xavfsiz emas.  Aynan bolalarga mo'ljallangan vositalardan foydalaning;

Tabiiy vositalardan sarimsoq piyozi va choy daraxti yo'gini 1:1 munosabatdagi suyuqlikni kiyimga surtib, ba'zi o'rgimchaklardan himoyalansa bo'ladi.

{xtypo_quote}Ikki yoshgacha bo'lgan bolalarni imkon qadar yovoyyi o'simlik va o't-o'lanlar ko'p bo'lgan joylardan nari tutish kerak. {/xtypo_quote}  

 

Kitob do'koni