O'sayotgan bolani to'g'ri ovqatlantirish

O'sayotgan bolani to'g'ri ovqatlantirish

Bola jismonan rivojlanishi uchun uni to'g'ri ovqatlantirish zarurligini barchamiz bilamiz. Lekin aqliy rivojlanish uchun ham kerakli mahsulotlarni iste'mol qilish foyda keltirar ekan. Maktab yoshidagi bolalarnining o'sayotgan organizmi uchun ovqatlanish tarzi eng muhim hisoblanadi.

Aqlli va sog'lom bolani o'stirmoqchi bo'lsangiz quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqing:

  • Bola xilma-xil ovqatlardan iste'mol qilishi kerak. Iste'mol qilinayotgan mahsulotlar turi qanchalik ko'p bo'lsa, ovqat ratsioni qanchalik xilma-xil bo'lsa, buning foydasi shunchalik ortadi. Ovqat ratsioni qanchalik xilma-xil bo'lsa, uning foydasi shunchalik ortadi. Bola kichikligidan har xil ta'mlarga o'rgangan bo'lishi kerak.
  • Bola go'sht mahsulotlaridan ko'proq iste'mol qilishi darkor. Go'sht - bu oqsil manbaidir. Oqsil esa organizmdagi gormonlar, fermentlar va antijismlarning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Undan tashqari oqsil organizmdagi suv mutanosibligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oqsil o'sayotgan bola organizmini sink moddasi bilan ta'minlaydi. Agar bolada sink yetishmovchiligi bo'lsa, u gripp kasalligiga ko'p chalinadi, sekin o'sadi, ishtahasi past bo'ladi va xotirasi yaxshi rivojlana olmaydi.
  • Yog'larning "foydali" larini bolaga yediring. Masalan, Omega-3 yog'lari miya rivojlanishiga, ko'rish qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Omega-3 yog'i danaklarda, zaytun yog'ida mavjud. Sariyog' bolaga foyda keltirmaydi, qand diabeti bilan kasallangan bolalar uchun u zararli hisoblanadi.
  • Kalsiy bolaning salomatligi uchun nihoyatda muhim mineral hisoblanadi. Kalsiy suyaklarning to'g'ri o'sishi, organizm qon bilan ta'minlanishi va hattoki yaxshi uyqu uchun juda kerak. Organimda kalsiy yetishmovchiligi mavjud bolalar juda asabiy, bir joyda o'tira olmay fikrini yig'a olmaydigan bo'ladilar.

{xtypo_quote}1 dona sabzini qirg'ichdan chiqarib mayda to'g'ralgan shaftoli (konservadagi shaftoli yoki turshak) qo'shamiz. Aralashtirib 1 choy qoshiq smetana solamiz. Sabzidagi vitaminlar organizmga aynan smetana bilan yaxshi qabul qilinar ekan.{/xtypo_quote}

 

  • Bolalar meva va sabzavotlardan ko'p ist'emol qilishlari zarur. Meva va sabzavotlar ko'plab vitamin va mikroelementlarga boy. Sabzavotlarning yorqin rangliklarini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Maktab yoshidagi bola kuniga kamida 3-4 xildagi meva-sabzavotdan 5-9 marta oz miqdordan taomlar bilan iste'mol qilishi lozim.
  • Suvning ahamiyati haqida unutmang. Inson organizmi uchun suv nihoyatda muhimdir. Suv charchovni oladi, organizmni ozuqa moddalar bilan ta'minlaydi, tana haroratini nazorat qiladi, bolaning shillik a'zolarini namlab ba'zi bakteriyalardan himoya qiladi. Bola so'ramagan holda ham unga muntazam ravishda suv ichirib turish kerak. Faqat sharbat, choy yoki boshqa ichimlikni emas, balki toza qaynatilgan suvni ichirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yaqinda Rossiya olimlari maktab yoshidagi bolalarning yurak va nafas olish organlarini dars paytidagi holatini tahlil qilib chiqishdi. Tahlil natijasiga ko’ra o’quvchining dars paytidagi xavotir darajasini kosmonavtlarning fazo holatidagi xavotir darajasi bilan solishtirsa bo’lar ekan. O’quvchi partada o’tirgani bilan u juda ko’p kaloriya yoqotar ekan.

O’quvchining miyasi ovqat bilan kirgan energiyaning 25 foizini ishlatar ekan, vaholanki kattalar atigi 3-4 foizni ishlatadilar. Shuning uchun bolalar 7-10 yoshida ovqat bilan birga kuniga 2000 kilokaloriya qabul qilishligi kerak, 11-14 yoshda 2400-2600 kilokaloriya, 16 yoshda esa 3000 kilokaloriya (kattalar - 2000-2200, keksalar - atigi 1500 kilokaloriya). Lekin bu degani o’quvchilar qornini sosiska, gamburger, qovurilgan kartoshka va shokoladli konfeta bilan to’ldirib, hammasi dars davomida so’rilib ketadi degani emas. Birinchidan, so’rilib ketmaydi, hamma ovqat ham har xil so’rilish darajasiga ega. Hozirgi kunda o’quvchilarning 10 foizi ortiqcha vaznlik kasalligiga duchor. Ikkinchidan, haqiqiy a’lochilar umuman boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishi zarur.

Onaning bo'tqasi.

Bolalar dietologi tavsiyasiga binoan, ertalab bola iliq juda shirin ham bo’lmagan, juda yog’liq ham bo’lmagan yegulik yeyishi lozim. Shuning uchun sosiska, kolbasali buterbrod, blinchik va bulochkalarni unutib yuboring. Kam uglevodli yegulikdan so’ng 2 darsga kelib bola charchoq his qila boshlaydi. Ertalab uchun eng yaxshi yegulik bu ona qo’llari bilan tayyorlagan kashadir.

Bo'tqa murakkab uglevodlar bilan boy bo’lib, ular glyukozani qonga asta sekinlik bilan chiqaradi, bu esa bolangiz tushlikgacha o’zini to'q tutishining garovidir. Eng yaxshi bo'tqa - bu grechkali bo'tqadir. Unda miyaning aktiv ishlashi uchun zarur bo’lgan oqsillar, fosfor, kal’siy, temir moddalari va B guruhiga oid vitaminlar ko’p. Guruchli  bo'tqa ham yaxshi. Lekin unda oqsillarga nisbatan kraxmal ko’proq bo’ladi. Mankadan tayyorlangan bo'tqa oxirgi o’rinda, lekin bu degani u yomon emas, shunchaki yuqori kaloriyaga egaligi tufayli oxirgi o’rinni egallab kelmoqda. Aytgancha, musobaqalar va imtihonlardan oldin bolaga aynan mankali bo'tqani bermoq lozim. Faqat bo'tqani sutni o’zida emas balki suv bilan aralashgan holda tayyorlash lozim, oshqozonda hazm qilinishi yengil bo’ladi. bo'tqani boshqa nonushtalar bilan almashtirib turish lozim, masalan, sabzavotli omlet, turli xil zapekankalar, pishloqdan va tvorogdan tayyorlangan taomlar.

Sutmi yoki Yogurtmi?

Sut bolaga juda foydali degan gapni ko’p uchratganmiz. Lekin sut hamma bolalarga ham foydali bo’lavermaydi. Agar oldin bolangiz sutni osongina ichib, keyin esa birdan ichmay qo’yib, qornidagi og’riqlarga shikoyat qila boshlagan bo’lsa, buni erkalik emas, fiziologik holat deb qabul qiling.

Uch-besh yoshgacha bolalar sigir sutini oson qabul qiladilar, chunki sutni hazm qiluvchi laktoza ichak fermenti ularda juda rivojlangan bo’ladi. Yosh ulg’aygan sayin uning aktivligi pasayib boradi, va 10 yoshga kelib bola sutni icha oladimi yoqmi aniq bo’ladi. Shvesiya, Angliya va Irlandiyada sigir sutini icha oladigan bolalar soni dunyo bo’yicha eng ko’p. Afrikada esa aholining 70-97 foizida laktoza fermenti genetik darajada mavjud emas. Rossiyada har uchinchi bola sutni hazm qila olmaydi. Shuning uchun ko’p ota-ona bolasiga umuman sutli mahsulot olib bermaydi. Bu noto’g’ri. Achitilgan sut mahsulotlarida aynan laktoza fermenti yo’q bo’lib ketadi, shuning uchun qatiq, yogurt, tvorog kabi mahsulotlarni, hattoki muammoli bolalar ham bemalol iste’mol qilishi mumkin.

Sho’rva

Sho’rva juda ham kerakli taom. Tushlikda hamma o’quvchilar sho’rva ichishlari lozim. Sho’rva ? bu iliq, to’yimli va oson hazm bo’luvchi taom. U bolaning darsdan keyin qolmagan kuchlarini qayta tiklaydi. Undan tashqari sho’rvada suv ko’p bo’ladi, bu esa o’qish uchun zarur. Lekin uzoq qaynatilgan suyak qaynatmalari foydali emas. Ularda xolesterin va yog’lar ko’p bo’ladi.

Baliq - juda mazali

Ota-onalarni so’roq qilish natijasida aniq bo’ldiki, bolalar oqsillarga boy bo’lgan go’sht, parranda mahsulotlarini yaxshi iste’mol qiladilar-u, lekin aminokislotalarga boy bo’lgan baliqni unchalik xush ko’rmaydilar ekan. Vaholanki aynan baliqda miyani aktivlashtirish uchun zarur bo’lgan Omega 3 va Omega 6 kislotalari juda k’op. Undan tashqari baliq fosfor, kalsiy, yod, selen, A va E vitaminlarga boy. Agar bolangiz baliqni umuman yemasa, unda unga dengiz mavjudodlaridan tayorlangan taomlardan taklif qilib ko’ring.

Shokolad

Shokolad - yana bir "aqlli” mahsulot. Uni imtihon paytlari bolalarga berish lozim. Shirinliklarda uglevodlar mavjud bo’lib, miyani faol ishlashiga yordam beradi. Bu degani shokoladni kilolab yeyish mumkin degani emas, kichik sinfdagi bolaga sutli shokoladdan bir parcha, yuqori sinfdagi o'quvchilar uchun esa qora shokoladdan bir parcha yetadi. Lekin shokoladdan farqli o'laroq konfetlar bola organizmi uchun juda ham zararli.

{xtypo_quote}O’quvchining nonushta qilish tartibi:

7.30-8.00 - Ertalabki nonushta

11.00-11.30 - Maktabda issiq nonushta

14.00-14.30 - Uyda tushlik

16.30-17-00 - Yengil tushlik

19.00-19.30 - Kechki ovqat{/xtypo_quote}

Bolani qanday qilib ovqat yeyishga majbur qilish mumkin?

Tanlash huquqiga ega bo’lsin. Agar bolangiz quymoq yeyishdan bosh tortayotgan bo’lsa, uning oldiga ayorlik qilib quymoqning bir necha xilini har xil meva, turshak, magiz, murabbolardan qo’shgan holda taklif qilib ko’ring. Bolalar tanlashni juda xush ko’radi.
Smetana o’rniga yong’oq berib ko’ring. Sabzavotlar bola organizmi tomonidan oson qabul qilinishi uchun ularni yog’ bilan iste’mol qilish lozim. Agar bolangiz smetanaga aralashgan sabzavotlardan bosh tortsa, sabzavotlarni danak va yong’oqlar bilan aralashtirib berib ko’ring.

Kitob do'koni