Nevrapatolog maslahatlari

Nevrapatolog maslahatlari

Bolaniing asab tizimi rivojlanishi va kasalliklari haqidagi muxlislarimiz savollariga "Godimmed" klinikasi nevrapatologi - Samieva Nargiza javob beradilar.

1. Bolaning asabi buziladimi?

 

Ha, buziladi. Buni ota-ona to'g'ri qabul qilishi kerak.

2. Bosh miya ichki bosimi nima degani?

Bosh miya ichida qorinchalar mavjud bo'lib atrofida suyuqlik bor. Har xil sabablarga ko'ra (shikkast, infeksiya) shu suyuqlik miqdori oshadi, natijada bosh miya bosimi oshadi. Shunda bolada ko'p yig'lash, boshini orqaga tashlash va bezotalik ko'p kuzatiladi.

3. Muddatidan oldin chala tug’ilgan bolada asab tizimida muammo bo'lishi 100%mi?

Muammolar yuzaga kelishi 100% bo'lmasa ham nevrologik o'zgarishlar yuzaga kelishi aniq. Bu asosan bosh miyaning gipoksiyasi bilan bog'liq holatlar - bolaning mushaklarini bo'shligi, sut emishini sustligi va hokazo.

4. Chillalik chaqaloqning qattiq yig’lashini sababi asab tizimidagi muammo bo’lishi mumkinmi?

Chillalik chaqaloqning yig'lashi sababi bo'lib bosh miya bosimining oshishi, ichi buzilishi, sut yetishmayotgani va teri kasalliklari bo'lishi mumkin.

5. Bir yoshgacha bo’lgan bolaning ko’p yig’lashiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Nevrologik tomondan bosh miya bosimining oshishi sabab bo'lishi mumkin.

6. Chaqaloq boshini qaysi davrdan boshlab ushlay olishi kerak?

Normada chaqaloq 2 oyligidan boshlab boshini ushlay oladi.

7. Chaqaloq oyoqlariga qachondan bosa olishi kerak?

Normada 2-3 oyligida oyoqlarini bosa oladi.

8. Chaqaloq tonusi nima degani?

Chaqaloq tonusi bu nevralogik holat bo'lib, bunda uning tana mushaklari tarrang holatga kelib, oyoqlarga qo'yganda ularning uchiga bosadi.

9. Bolani asablarini tinchlantirish uchun nima qilsa bo’ladi?

Onaning mehri va quchog'i bolaning asabini tinchlantirishda eng foydali muolaja.

10. Maktab yoshidagi bolaning dars qilish davomida boshi og’rishiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Maktab yoshidagi bolalarda bosh og'rig'iga asosan quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: bosh miya bosimining oshishi, gijja, tez-tez kasal bo'lishi, anemiya, qon aylanishining buzilgani.

11. Bola yiqilganda miya chayqalganligini uy sharoitida qanday aniqlasa bo’ladi?

Miya chayqalgani belgilari:

  • Bir necha daqiqaga xushdan ketish
  • Qusish
  • Bosh aylanishi
  • Bosh og'rishi

12. Bolaning liqildog’i qachon yopilishi kerak?

Bolaning liqildog'i 1 yoshu 4 oyligida yopiladi.

13. Maktab yoshidagi bolaning tez-tez siydik qistashiga nevrologik sabab qanday?

Nevrologik tomondan qo'rquv va kuchli asabiylashish sabab bo'lishi mumkin.

14. Maktab yoshidagi bolaning kechqurun siyib qo’yishi sababi nimada?

Kechqurun bolaning siyib qo'yishiga nevrologik jihatdan bosh miyada qon aylanishining buzilishi va buyrak-qovuqning reflektori sustligini sabab qilish mumkin.

15. Bolada tana harorati oshganda talvsaga tushishi xavflimi?

Asosiy muolaja - tezda tana haroratini tushirish kerak va keyinchalik tana haroratini u darajagacha ko'tarmasligini ta'minlab turish kerak. 

16. Bolada uyquda talvasa bolishining sababi nima?

Uyquda talvasa bo'lishiga sabab bo'lib, infeksiya, tana haroratining oshishi, tug'ilish jarayonidagi bosh miya shikkastlari bo'lishi mumkin.

17. Bir yoshgacha bo’lgan bolaning boshini orqa tomonga tashlab yig’lashining sababi nima?

Bunga asosan ikki sababni aytish mumkin: bosh miya bosimining oshishi va bolaning mushaklari tonusining oshishi.

18. Bolada tutqanoqni tuzatsa bo’ladimi? Qaerda (Toshkentda)?

Bo'ladi. Davolanish uzoq vaqt dori-vositalar yordamida amalga oshiriladi. Toshkentda nevrologiya bo'limi mavjud bo'lgan barcha shifoxonalarda.

19. Bolada duduqlanish asab tizimiga bog’liq bo’lsa, Toshkentda qaerda davolasa bo’ladi?

Duduqlanishni tuman poliklinikasida va statsionarlarda davolasa bo'ladi.

20. Bolada asab tizimida ba’zi patologiyalar mavjudligi alomatlari qanday?

Tez-tez bosh og'rishi, bosh aylanishi, asabiylik, holsizlanish, ko'ngil aynashi, besabab qusish, qo'rquv, xotira sustligi.

21. Toshkentda bolalar nevrapotologi qaerda mavjud?

Bolalar nevrapotologi barcha tuman poliklinikalarida mavjud.

22. Asab tizimida muammolari mavjud bolani emlatish mumkinmi?

Ha, mumkin. Faqat emlatishdan oldin shifokorga nevrologik kasallik mavjudligi haqida xabar berish kerak.

23. Bolada tili chiqishi muammolari mavjud bo’lsa, qaysi shifokorga murojaat qilish lozim?

Nevrapotolog va logoped.

24. Asab tizimida muammolari diagnostika qilingan bolaga qanday mahsulotlarni yedirish foydali?

Mevalar, sut va qatiq mahsulotlari, baliq va vitaminga boy barcha mahsulotlar.

25. Asab tizimi kasalliklariga chalingan bolaga qanday sharoit foydali?

Toza havo, suzish va massaj muolajalari.

26. Asab tizimi kasalliklari tug’ma bo’ladimi?

Ha, tug'ma bo'lishi mumkin.

27. Homiladorlikda homilani asab tizimiga ziyon yetkazmaslik profilaktikasi qanday?

  • Siqilmaslik, asabiylashmaslik;
  • Shamolamaslik;
  • Infeksion kasalliklardan xoli bo'lish;
  • Ko'proq dam olish;
  • Anemiyani oldini olish va davolash.

28. Tug’ish davrida tug’ma asab tizimi kasalliklarini profilaktikasi qanday?

Tug'ruq jarayonini to'g'ri olib borish (akusher bilan oldindan maslahatlashish maqsadga muvofiq bo'ladi). Undan tashqari tug'ish jarayonida bolaga shikkast yetishi xavfi bo'lsa, kesarevo kesilish yo'li bilan tug'ish.

Nevrologik kasalliklar bo'yicha savollar bilan Toshkent shahridagi "Godimmed" klinikasiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Kitob do'koni