Farzand tarbiyasi

Farzand tarbiyasi

Oilada farzand tug'ilgach nafaqat uni balki uning ota-onasini ham qayta tarbiyalash talab etilar ekan.

Alohida erkak, alohida ayol qanday bo'lmasin, ular ota-ona bo'lishganida qanday bo'lishi o'ziga ham noma'lum.

Aslida farzandni ota-ona tarbiya qilsa, farzand ota-onasini tarbiya qiladi.

Bolaning tarbiyasi uning uyida boshlanadi. O'zi kitobni qo'liga biron marta olmagan ota-ona bolasiga kitobga mehr uyg'ota olmaydi. So'kinib gaplashadigan ota farzandining tili shirin bo'lishiga erisha olmaydi. Uyda issiq non yopmagan ona, qizi pazanda bo'lishiga yordam bera olmaydi.

Bolaga oilada qancha ko'p e'tibor berilsa, uning ko'chadan yomon ta'sir ostiga tushishi shuncha qiyin bo'ladi.

Bema'ni ijtimoiy guruhlar, ko'cha-kuydagi axloqsizlik, salbiy qarashlar uyda mehr va e'tiborga to'ygan bolani o'ziga qarata olmaydi.

Ota-ona bolaga mana shu e'tibor va mehrini qizg'anib pul yoki boshqa moddiy narsalarni berishga shoshadi. Pul va sovg'alar ortiqchalik qilishi mumkin. Mehr va e'tibor esa hech qachon ortiqchalik qila olmaydi.

{xtypo_quote}Uyda onasi issiq somsa pishirib o'tirganini, otasi esa o'g'li kelsa, birga futbol ko'rishini bilgan bola uyga shoshadi.{/xtypo_quote}

Uyga borganda otasi bir xonada televizor ko'rgan, onasi ikkinchi xonada telefondan ko'zini ko'tara olmaydigan, holat uchun kim uyga shoshar ekan? Bola shu ota-onasiga biron savol bilan murojat qilgudek bo'lsa , onasi bor oshxonaga ovqating sovib turibdi, deb oldidan haydaydi, otasi esa biron qo'pollik bilan jerkib beradi. Bunday uyga kim shoshiladi? Undan ko'ra soatlab internet kafeda yoki telefondagi virtual do'stlari bilan suhbatlashib o'tirish yaxshi emasmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yomon guruhlar juda ko'p. Lekin ularni birma-bir yopib chiqishgan taqdrida ham, ular qo'ziqorindek yana ko'payaveradi. Ularni butunlay to'xtatishning iloji yo'q. Shuning uchun ular bilan kurashishni o'rniga ota-ona farzandini ma'naviy boy qilishga harakat qilish kerak. She'riyatga qiziqish, mumtoz musiqa eshitish, kitob o'qish kabi narsalarga qiziqqan bolaga bema'ni guruhlarda o'rin qolmaydi. Unga u guruhlar zerikarlik bo'ladi. 

Lekin ko'rgan kinosi "Payshanbadan payshanbagacha" bo'lib, eshitgan musiqasi "Bojalar" guruhiniki bo'lsa, u holda uni ijtimoiy guruhlardagi bemanilikdan asray olishingizdan umidingizni uzavering.

Bolaga haqiqiy mehnat mahsulini ko'rsating. Yuqori saviyali kino ko'rsin, klassik musiqani tinglasin, ko'p kitob o'qisin. Shunda uning hayotga bo'lgan qarashi boyib boradi. Uni biron aqlsiz guruh a'zolari o'zini ortidan ketishga unday olmaydi. U ma'naviy kuchli bo'ladi.

Buning uchun esa birinchi navbatda siz - ota-ona ma'naviy boyishingiz kerak. Siz soatlab telefonda o'tirmay kunda yarim soat bo'lsa ham kitob mutoalasi bilan band bo'ling. Televizorda 4 soat serial ko'rib o'tirmay, shirin taomlar pishirib qo'ying. Dam olish kuni televizor tagida uxlab yotmay, farzandingizni olib futbol chempionatiga yoki biron muzeyga olib boring.

Hammasi ota-onaning qo'lida. Ozgina harakat, ozgina ma'suliyat va farzandingiz tarbiyasi ko'zingizni quvontiradi.

Atrofni almashtirishga intilmang, atrofdagilarni, internetni yoki bo'lmasam farzandingizni biron yomon do'stini koyimang. Farzandingiz qanday bo'lsa, uning atrofi shunday bo'ladi.

Bir nima o'zgartirmoqchimisiz, o'zingizdan boshlang, oiladan boshlang! Chiroyli harakatingiz juda tez o'z mahsulini beradi.  

Aqlli odamlarning bolasi tarbiyali, zehni o'tkir, yoqimli, aqlli, o'ziga ishongan bo'lsa, xavasimiz keladi. Qanday qilib ota-onasi shunga erishadilar, deymiz.

Ularda 7 ta sir bor ekan.

1. Bolani hech qachon kamsitmaydilar, yerga urmaydilar.

2. Erkinlikni evi bilan beradilar.

3. Bolani har bir ishi uchun maqtaydilar.

4. Bolada ma'suliyatni his etish tuyg'usini unga namuna bo'lib rivojlantiradilar.

5. Ota-ona bir-biriga mehr va hurmat bilan qaraydilar.

6. Bolaga yoshligidan ota-ona bo'lish nima ekanligini o'rgatadilar.

7. Vaqtdan unumli foydalanish kerakligini o'rgatadilar.

Kitob do'koni