Yosh qizlar ginekologiyasi

Yosh qizlar ginekologiyasi

Akusher-ginekolog Sotsuk Anna Grigoryevnaning yosh qizlar onalarining savollariga bergan javoblari.

Qiz bolani necha yoshdan ginekolog ko'rigidan o'tkazish mumkin?

Ohirgi payt jinsiy a'zolar gigyenasi bilan bog'liq infeksiyalar, muddatidan oldin balog'atga yetish, jinsiy a'zolardagi jismoniy nuqsonlar kabi holatlarning ko'payganligi tufayli qiz bolani 1 yoshiga to'lgach yilda 1 marta, keyinchalik esa shikoyatlariga qarab ko'rsatmoq lozim, deb tavsiya qilaman.

Bog'cha yoshidagi qiz bolani yuvintirayotganda tagini oddiy sovun bilan yuvsa bo'ladimi yoki iliq suvni o'zi yetarlimi?

Kichik yoshdagi qizlarni bolalar sovuni bilan yuvintirish lozim.

Mening 2 oylik qizimda shifokor tashqi jinsiy a'zolarining terisi yopishib rivojlanayotganini aniqladi va buni tezda operasiya qilishni tavsiya qildi. Operasiya qilish shartmi?

Tashqi jinsiy a'zolari terisning yopishib ketishi sinehii deb ataladi va bu holat zudlik bilan amalga oshiriladigan plastik operasiyasini talab qiladi va doimiy ravishda terini maxsus gel bilan yoki yog' bilan yog'lab turish kerak. Sinehii borib borib ko'payish hususiyatiga ega.   

Qizim 11.5 yosh, lekin hayz ko'rmagan. Bu to'g'rimi?

Bu yoshda hayz ko'rmasligi normal holat.

Qizim 4 oy. Tagliklari tufayli kunda bir necha bor tagini yuvaman. Ikki-uch kundan beri tagi qizarib qoldi, nima qilish kerak?

Bu qizarishning ginekologiyaga aloqasi yo'q bo'lib, tagliklar uchun ishlatiladigan maxsus chaqaloqlar kremidan foydalaning.

Qizim 14 yosh. Hayz sikli muntazam emas. Baz'ida 21 kunda hayz ko'rsa, ba'zida 45 gacha cho'zilib ketishi mumkin. Hayz ko'rishni o'tgan yilidan boshladi. Buni davolash kerakmi?

Bu holat vaqtinchalik bo'lishi mumkin. Biroz kutib kuzating. Agar hayz sikli normaga tushmasa, u holda ginekoglogga murojaat qiling. Jinsiy a'zolari ultra tovushni diagnostikasi va gormon analizlari talab etiladi.

Qizim 6 yosh. Olti oyligidan bilan jinsiy a'zolari terisi yopishib rivojlanishi kuzatiladi. Doimiy ravishda maxsus gel bilan terisini surib turamiz. Lekin xanuzgacha bu muammo mavjud. Qachon terisining yopishib ketishi to'xtaydi?

Bolani ginekologga va allergologga ko'rsatishingizni tavsiya etaman. Glyukoza va insulinni tekshirtirish ham muhim. Odatda 6 yoshgacha bu muammo yo'q bo'lishi kerak. Qaytalanayotgan bo'lsa, qizingizni yaxshilab tekshirtirish talab etiladi.

Manba: eva.ru 

Kitob do'koni